13:56 / 14.09.2024
22

Asila Mirzayorova: “Musobaqa kuni menda katta mas’uliyat bor edi”

Asila Mirzayorova: “Musobaqa kuni menda katta mas’uliyat bor edi”
Prezident Shavkat Mirziyoyev 13 sentyabr kuni Ko‘ksaroy qarorgohida Parijdagi Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan sportchilar, ularning ota-onalari va murabbiylari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda so‘zga chiqqan Asila Mirzayorova o‘z maqsadlar haqida gapirdi.

Tokio Olimpiadasida kumush medalni qo‘lga kiritganimda O‘zbekiston bayrog‘i pastda turgan edi. O‘shanda o‘zimga va’da bergandim, bundan keyin hech qachon vatanim bayrog‘i pastda turmaydi deb. Yaratilgan imkoniyatlar sabab ikki karra Jahon chempioni bo‘lib, o‘zimga bergan va’damning ustidan chiqib Olimpiadada ham oltin medalni qo‘lga kiritdim. Musobaqa kuni menda katta mas’uliyat bor edi. Diyora Keldiyorovadek oltin medalni qo‘lga kiritsam, boshqa jamoadoshlarim ham ilhomlanib medallarni qo‘lga kiritishiga ishongandim.

Fransiyada sal kam 30 yillik rekordni yangilab, musobaqada O‘zbekiston uchun birinchi oltin medalni olib kelganimdan juda ham xursandman. Men hozirdanoq o‘zimga katta maqsadlarni qo‘ydim. 2028 yilda Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadigan Paralimpiya o‘yinlarida o‘zim qo‘ygan rekordni yangilab, ikki karra Paralimpiya chempioni bo‘lishga va’da beraman
”, dedi Paralimpiya chempioni Asila.

Ma’lumot uchun, Asila Mirzayorova T11 klassida uzunlikka sakrash bahsida ishtirok etib 5,24 metr natija bilan Paralimpiya o‘yinlari rekordini o‘rnatdi va oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Avvalroq Qashqadaryo hokimi Asila Mirzayorovaga Qarshi shahridagi ko‘p qavatli xonadonlardan 2 xonali uy sovg‘a qilingani xabar berilgandi.

Bundan tashqari, prezident qaroriga binoan sportchiga 200 ming AQSH dollari miqdoridagi pul mukofoti, Tahoe rusumli avtomobil va Toshkent shahridan kottej sovg‘a qilindi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Asila Mirzayorova: “Musobaqa kuni menda katta mas’uliyat bor edi”