23:30 / 14.09.2024
54

Ilyos Zeytullayev: “Dinamo” maydonida ochko olib ketish oson emas”

Ilyos Zeytullayev: “Dinamo” maydonida ochko olib ketish oson emas”
Superliganing 18-turidan o‘rin olgan “Dinamo” - “Bunyodkor” (2:3) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Ilyos Zeytullayev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O‘yin haqida
- Og‘ir o‘yin o‘tkazdik. Yigitlar jamoamizning ayni damdagi holatini tushungan holda harakat qilishdi. Juda emotsional uchrashuv guvohiga aylandik. G‘alaba biz uchun zarur edi, oldimizdagi vazifani uddalash uchun astoydil harakat qilayapmiz. Oldingi uchrashuvlarda bo‘lgani kabi bugun ham oson bo‘lmadi. Yigitlarga irodali o‘yin uchun minnatdorchilik bildiraman.

- “Dinamo” jamoasi ko‘rsatgan o‘yin haqida fikringiz?
- Albatta, “Dinamo” juda yaxshi shakllangan jamoa. Samarqandga kelib bu jamoadan ochko olib ketish oson emas. Klubda tajribali mutaxassislar ishlaydi. Kuchli futbol namoyish etadigan kurashuvchan jamoa.

- Demak, “Dinamo” jamoasi haqidagi fikringiz ijobiy, shundaymi?
- Ha, albatta. Bugungi o‘yin uchun har ikki jamoaga minnatdorchilik bildiraman. Muxlislar sevib tomosha qiladigan o‘yin namoyish etib berishdi. Aytib o‘tganimdek, hozir hech qaysi uchrashuvda natija osonlikcha kelmayapti.

- “Bunyodkor” turnir jadvalining quyi pog‘onalarida borayotgani moliyaviy holat bilan bog‘liqmi? Yoki boshqa sabablar ham bormi?
- Bilasiz, “Bunyodkor” o‘z tarixida bir necha bor sovrinlar yutgan klub. O‘ziga yarasha tarixi, qo‘llab-quvvatlab turadigan muxlislari bor. Mavsum birinchi qismida qimmatli ochkolar boy berilgan. Mana “Navbahor” bilan o‘ynadik, yana “Andijon” bilan, jamoani muvaffaqiyatsizliklar girdobidan olib chiqib ketishga harakat qilayapmiz. Bu savolingizga birgina javob bilan yechim topib bo‘lmaydi. Javob berishning o‘zi qiyin. Biz klubning avvalgi darajasini, tarixini hurmat qilgan holda harakat qilayapmiz.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ilyos Zeytullayev: “Dinamo” maydonida ochko olib ketish oson emas”