Superliga 18-turidan o‘rin olgan "Navbahor" - "Nasaf" (0:1) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Sergey Lushchan matbuot anjumanida ishtirok etdi.
- O‘yin haqida
- Ikki jamoa uchun ham og‘ir o‘yin bo‘ldi. Bir gol o‘yin taqdirini hal qilishini oldindan bilgandik. Jamoalar kuchi teng edi, ammo darvozamizga yo‘llangan yagona zarba golga aylandi. Raqibni g‘alaba bilan tabriklayman. "Nasaf" bekorga birinchi o‘rinda emasligini isbotlab kelmoqda. Bizda ham 1-2ta vaziyatlar bo‘ldi, lekin biz vaziyatlarni ko‘kka sovurdik.
- "Navbahor" jamoasiga FIFA kunlarida nazorat uchrashuvi tashkil qilinganida jamoaga foydaliroq bo‘larmidi?
- Yo‘q. Bu bizga kerak emas edi. Men bosh murabbiy sifatida jamoamga nima ko‘proq foyda berishini bilaman.
- Ro‘ziqul Berdiyev bugun "Navbahor" o‘yinda ustunlik qildi deb aytib o‘tdi. Jamoangiz bugun haqiqatdan ham raqibdan ustunroq edimi? Ro‘ziqul Berdiyev fikrlariga qo‘shilasizmi?
- Biz g‘alaba qozonganimizda men ham xuddi shunday degan bo‘lardim. Biz raqib yo‘l qo‘yib berganicha o‘ynadik. Biz birinchi bo‘limda ikkita va ikkinchi bo‘limda yarimta xavfli vaziyatga ega bo‘ldik, ammo ulardan foydalana olmadik. Raqib esa, darvozamiz tomon bor-yo‘g‘i bitta aniq zarba berdi va gol. Bugun omad raqiblarga kulib boqdi, lekin omad faqat kuchlilarga kulib boqadi. O‘yin natijasi bitta golgacha kechishi aniq edi. Yosh futbolchimiz birinchi marotaba bunday o‘yinda ishtirok etdi, ammo xatoga yo‘l qo‘ydi. Yosh futbolchilar bunday vaziyatlarda xatolar qilishadi. Hechqisi yo‘q, bu futbolchimizga saboq bo‘ladi. U juda iqtidorli va men u namoyish etgan o‘yindan to‘liq qoniqdim.
- Jamshid Iskanderovda ikkinchi bo‘limdan yarmidan so‘ng biroz charchoq alomatlari sezilgandek tuyuldi menga? Ushbu holatga fikr bildirib o‘tsangiz.
- Iskanderov terma jamoa bilan edi. Terma jamoada esa faqat taktik tomonlama tayyorgarlik ko‘radi. Qolgan jihatlar ustida deyarli ishlanmaydi. Jamshid terma jamoa safida maydonga piyoda yurib keldi xolos. Futbolchi terma jamoa safida zaxirada qolishi bu normal holat. To‘g‘risini aytsam, bugun Hamrobekovni zaxirada qoldirish niyatim ham bor edi. Ochig‘i, men faqatgina 5 oktyabr sanasini kutib yashayapman. Qolgani meni umuman o‘ylantirmaydi. Shunday o‘yinlar orqali finalga tayyorgarlik ko‘rib kelamiz. Mavsumdagi asosiy maqsadimizni bajarish uchun finalda g‘alaba qozonishimiz kerak. Ko‘p savollarga shu yerda javob berdim, deb o‘ylayman.
- Bugun jamoangiz g‘alaba qozonishi yoki durang qayd etishiga nima xalal berdi?
- Raqib jamoasi. Biz himoyada qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydik. Sayfiyev qizil kartochka sababli o‘yinni o‘tkazib yuborayotgani uchun yosh futbolchini birinchi marotaba qaydnomaga kiritdik. Boshqa ilojimiz yo‘q edi. Yosh futbolchi o‘yinidan to‘liq qoniqdim. U o‘zi uchun asosiy bo‘lmagan pozitsiyada harakatlandi. Shunga qaramay, "Nasaf"ning eng asosiy futbolchisini to‘liq zararsizlantira oldi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi