Supero‘yin ko‘rsatgan Abbosbek Fayzullayev qanday baholandi?

2 daqiqa o'qish216
Supero‘yin ko‘rsatgan Abbosbek Fayzullayev qanday baholandi?
Rossiya kubogi guruh bosqichi to‘rtinchi turida nihoyat SSKA futbolchilari yigirma mingdan ziyod muxlislar ko‘z o‘ngida “Krasnodar” ustidan 2:0 hisobida zafar quchdi.

Bu bahs “armiyachilar” uchun juda muhim edi. Yangi mavsumda poytaxt jamoasi krasnodarliklar bilan ikki marotaba to‘qnash kelib, har ikkisida mag‘lubiyatga uchragandi.

“Krasnodar” shu tariqa eng noqulay va xavfli raqib maqomiga ega bo‘ldi. Bir so‘z bilan aytganda, SSKA muxlislari bu jamoadan cho‘chib qoldi.

Bu mavsumdagi o‘zaro uchinchi to‘qnashuvga Moskva shahri mezbonlik qildi. Har ikki jamoa g‘alaba uchun to‘p surdi. Biroq “armiyachilar” mehmondo‘stlik qilgani yo‘q. Abbosbek Fayzullayev jamoasining aksariyat hujumlarini tashkil qilish orqali “Krasnodar” himoyachilarini bosim ostida ushlab turdi.
Supero‘yin ko‘rsatgan Abbosbek Fayzullayev qanday baholandi?
20 yoshli legionerimizning kreativ usulda uzatgan ikki pasini Milan Gayich va Matvey Kislyak raqib darvozasiga joyladi. Abbosbekning o‘zi ham gol urishga yaqin kelgandi. Uning 18 metrdan yo‘llagan aniq zarbasini darvozabon katta qiyinchilik bilan bartaraf etdi.

O‘yindan keyin Fayzullayevning o‘yiniga quyidagicha baho berilmoqda.

Maksim Kvyatovskiy, bobsoccer.ru sayti eksperti:

Bu g‘alaba qanchalar muhim! Raqib o‘ta kuchli, bu mavsum chempionatda ham, kubok o‘yinlarida ham bugungi kungacha biror marotaba mag‘lub bo‘lmagan.

Uchrashuvda “armiyachilar”ning aksariyati maqtovga loyiq o‘yin ko‘rsatdi, lekin ikki nafarini alohida ajratib ko‘rsatish zarur. Abbosbek Fayzullayev mavsumdagi eng zo‘r o‘yinini o‘tkazdi. Uning o‘yinini kuzatish – rohat! Harakatlari chiroyli, samarali va o‘yinni kuchaytirishga yo‘naltirilgan.

Fayzullayev bu bahsda ikkita golli pas uzatdi, birini Milan Gayichga va ikkinchisini Matvey Kislyakka.

Moyzes ham juda zo‘r o‘ynadi. Himoyani mustahkam ushladi. Darvoza daxlsiz qoldi, demak, himoyachilar yaxshi harakat qildi.

Andrey Jarkoy, football.kulichki.net sayti eksperti:

Uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi shubhasiz Abbosbek Fayzullayev bo‘ldi. O‘zbek futbolchisi juda zo‘r o‘yin o‘tkazdi.

Abbosbek SSKAning har bir hujumida faollik ko‘rsatdi, poytaxt jamoasining har ikki golida uning xizmati bor. Fayzullayev Milan Gayich va Matvey Kislyakni golli pas bilan ta’minlab, o‘z hisobiga ikkita golli pas yozdirib qo‘ydi.
Supero‘yin ko‘rsatgan Abbosbek Fayzullayev qanday baholandi?
Jamoasining g‘alabasini ta’minlab bergan Abbosbek Fayzullayevning o‘zi ham uchrashuvdan keyin fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.

- Hissiyotlar juda zo‘r, chunki yutdik. Stadiondagi muhit ajoyib bo‘ldi, muxlislar bizni oxirigacha qo‘llab quvvatladi. Uch ochko oldik va oldinga qarab, harakatni davom ettiramiz.

“Krasnodar” bilan o‘yinda revansh olish hissiyoti bormidi? Biz har bir uchrashuvda g‘alaba qozonish va uch ochkoni qo‘lga kiritishni istaymiz. Bu gal maqsadimiz amalga oshdi, keyingi bellashuvlarda ham buni uddalaymiz, deb o‘ylayman
, - dedi Abbosbek Fayzullayev.

SSKA futbolchilari Kubok doirasidagi keyingi uchrashuvni 1 oktyabr kuni “Nijniy Novgorod”
jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Ungacha “armiyachilar” Premyer ligada “Rubin” (21 sentyabr) va “Axmat” (28 sentyabr) jamoalari bilan kuch sinashadi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?