O‘zbekiston Kubogi finali oldidan kecha uyushtirilgan matbuot anjumanida “Navbahor” klubi bosh murabbiyi Sergey Lushchan va jamoa futbolchisi Siyavash Haqnazari ham ishtirok etdilar.
Sergey Lushchan: - Nima deyishim mumkin? Barchamiz o‘yinni intizorlik bilan kutyapmiz. Bu final. Finalga yetarlicha tayyorgarlik ko‘rdik va g‘alaba qozonishni xohlaymiz. Tayyorgarlik jarayoniga to‘xtaladigan bo‘lsam, barchasi Kubok finaliga qaratilgan. Oldimizda bitta maqsad bor: u ham bo‘lsa Kubok! Katta hajmdagi ishni bajarishdi. Buning uchun yigitlarga rahmat. O‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik. G‘alaba uchun barcha ishni qilamiz. Ertaga bizga muxlislik qiladigan va muxlislik qilmaydigan barcha ajoyib o‘yin guvohi bo‘lishadi. Kubokni yutish har bir futbolchini orzusi. Bunga yoshligidan boshlab harakat qiladi, intiladi, mehnat qiladi. Bu ko‘p yillik mehnatini samarasi bo‘ladi. Ertaga qanday bo‘lishi faqat Yaratganga ma’lum. G‘alaba qozonib muxlislarni xursand qilishni xohlaymiz.
Siyavash Haqnazari: - Kubokni Namanganga olib ketish uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz. Bilamizki, bu uchrashuv nafaqat biz uchun, oilamiz va Namangan uchun ham qanchalik muhim ekanligini yaxshi his qilib turibmiz.
- Siz “Nasaf” bilan uchrashuvdan keyin 5 oktyabrdagi finalni kutib yashayapman degandingiz. Bugungi holatdagi jamoaning va o‘zingizning kayfiyatingiz, finalga tayyorgarlik qanday?
Sergey Lushchan: - Albatta, chempionat o‘yini bilan Kubok finalini bir xil deb bo‘lmaydi. Biz bu o‘yinga boshqacha tayyorgarlik ko‘rdik. U uchrashuvlar boshqa edi. Chempionat bilan Kubok o‘yinini solishtirib bo‘lmaydi. “So‘g‘diyona” bilan uchrashuvdagi holat ertangi bahsda kuzatilmaydi. Butunlay boshqacha o‘yin namoyish etiladi. Barcha mashg‘ulotlar jarayoni final o‘yiniga qaratilgan. Ha, o‘z uyingda mag‘lubiyatga uchrash alamli va yoqimsiz bo‘ladi. Albatta, biz burilish yasay olamiz. Har bir o‘yindan keyin tahlil qilib chiqamiz va qayerdadir qilingan xatoni to‘g‘rilashga harakat qilamiz. Bizda har jihatdan tajribali va mahoratli o‘yinchilar yetarli. Bu o‘yinni qadrini barcha tushunib turibdi. Birinchi hushtakdan oxirgi hushtakkacha o‘yin hayajon ostida o‘tadi. Asosiysi, uchrashuv boshlanishi bilan hamma o‘z ishini qilishi kerak. Har bir murabbiyni rejalari bo‘ladi.
- Sardor Rashidovni finalda maydonga tushishi uchun kutilganidan ertaroq mashg‘ulotlarga qo‘shilgani rostmi? U chindan ham o‘ynaydimi?
Sergey Lushchan: - Sardorni maydonga tushishiga ishonaman. Oldindan biror narsa deyishim qiyin. Rashidov o‘ynashni juda ham xohlayapti. Bu o‘yin uchun u kuniga 2-3 mahaldan mashg‘ulot olib bordi. Ertaga hammasini o‘zinglar ko‘rib olasizlar. Hozircha shuni ayta olamanki, u boshlang‘ich tarkibda bo‘lmaydi.
- “Navbahor” ikkinchi davrada ochiq va hujumkor o‘yin ko‘rsatmoqda. Finalda ham shunday o‘yin ko‘ramizmi?
Sergey Lushchan: - Bu – final. Bunda ruhiyat katta rol o‘ynaydi. Futbolchilarni ruhiyati muhim ahamiyat kasb etadi. O‘z tajribamdan kelib chiqib aytadigan bo‘lsam, bu katta mas’uliyat. Bunday uchrashuvda durang bo‘lmaydi. Kim birinchi gol ursa o‘sha jamoa g‘alaba qozonishi mumkin. Avvalgi uchrashuvlarimizni ko‘rgan bo‘lsanglar, ko‘p vaziyatlar yaratib, golga aylantira olmadik. Ertangi uchrashuv esa butunlay boshqacha bo‘ladi. Raqiblar bir-birini juda yaxshi bilishadi. Biz ularni, ular esa bizni bilishadi. Tartibli o‘ynashimiz kerak. Birinchi bo‘lib hisobni ochsak raqib ko‘proq oldinga intilishga majbur bo‘ladi. Hujumkor o‘yin ko‘rsatsak yaxshiroq, albatta. Zich himoyani yorib o‘tish hamisha qiyin bo‘lgan. Bu savolga 100 foiz javob bera olmayman. Hammasini o‘yin ko‘rsatib beradi.
- “Andijon” ko‘proq ikkinchi raqam bo‘lib o‘ynaydi. Bunday zich himoyalanadigan raqiblarga qarshi o‘ynash qanchalik og‘ir? Bu sizga va jamoangizga jiddiy muammo tug‘dirmaydimi?
Siyavash Haqnazari: - Bu final. Bittagina o‘yindan iborat. Bu uchrashuvga har bir jamoani rejasi bor. Bizni ularga qarshi qanday o‘ynash rejamiz bor va ularni ham rejasi bor. Barchasi o‘yin qanday davom etishiga bog‘liq.
- Kim birinchi bo‘lib hisobni ochsa, o‘sha jamoa g‘alaba qozonadi, deb o‘ylaysizmi?
Sergey Lushchan: - Boshqa murabbiy kabi o‘yinni tahlil qilib ko‘raman. Bizni A, B, V, G, D rejalarimiz bor. O‘yinga to‘liq tayyormiz. O‘yinga 1000 foiz tayyormiz. O‘yinchilar esa 2000 foizga tayyorlar. O‘yinni o‘zi ko‘rsatib beradi. Nimaiki qilish kerak bo‘lsa, barchasini qildik. Qolgani biz ishongan futbolchilarga bog‘liq.
- Ertangi Kubok finali murabbiylik faoliyatingizdagi eng muhim o‘yinmi?
Sergey Lushchan: - Ayni damda shunday desam ham bo‘ladi. Agar 2014 yilda bu savol berilganida unda muhim uchrashuv sifatida boshqasini aytgan bo‘lardim. 2015 yilda esa boshqasini aytardim. Kubok finali har bir ishtirokchisiga o‘ziga xos tarzda esda qoladi va takrorlanmaydi. Hattoki, bu beshinchi final bo‘lsa ham takrorlanmaydi va bunday o‘yinlar hayotingizda saqlanib qoladi. Bu uchrashuv men va mening oilam uchun ham muhim. Mening futbolchilarimga va atrofimdagilarga muhim. Bu mavsumning eng ahamiyatli o‘yini.
- Ertangi finalda qaysi faktorlar sizga xalaqit berishi mumkin? Pozitsiyalar bo‘yicha qoniqish hosil qilyapsizmi? Masalan, darvoza chizig‘idan?!
Sergey Lushchan: - Bilasizmi, bu yerda faktorlar ko‘p bo‘lishi mumkin. Barchasini aytishning imkoniyati yo‘q. Jarohat, qizil kartochka, himoyadagi xatolar va boshqalar... Darvozabon pozitsiyasini gapirib o‘tdingiz, ha, xatolar bo‘lib turadi. Bizda O‘zbekiston Kubogini yutishga qodir bo‘lgan futbolchilar yetarli. Agar men biror-bir o‘yinchimning xato qilishi haqida o‘ylasam, bu kulguli holat. Muammo bor. Har qanday klubda muammo mavjud. O‘yin qanday kechishiga qarab o‘zgartirishimiz mumkin. Hamma narsa bo‘lishi mumkin. Dastlabki daqiqalardanoq jarohat yoki tezkor gol barchasini o‘zgartirib yuboradi. Biz hammasiga tayyormiz. Darvozabon haqidagi gapingiz esa provokatsion savol. Hamma xato qiladi va men bunday savollarga javob berishni istamayman. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Putin «Oreshnik» raketalari qurollanishga qabul qilinishi va seriyali ishlab chiqarilishini e’lon qildi