17:15 / 14.10.2024
50

BAAga qarshi o‘yindan oldin O‘zbekistonda yana bir yo‘qotish...

BAAga qarshi o‘yindan oldin O‘zbekistonda yana bir yo‘qotish...
O‘zbekiston terma jamoasi futbolchisi Oston O‘runov JCH—2026 saralashidan o‘rin olgan BAAga qarshi o‘yinda maydonga tusha olmaydi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

"O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Oston O‘runov Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoasi bilan uchrashuvda jarohat sababli ishtirok eta olmaydi. Futbolchimiz tez fursatda sog‘ayib, safga qaytishini tilab qolamiz", - deb yozadi O‘FA matbuot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, O‘runov 5 oktyabr kuni "Persepolis" safida "Chadormalu"ga qarshi o‘yindan oldingi chigilyozdi mashg‘ulotda jarohat olgan va asosiy tarkibdan zaxiraga olingan edi. Futbolchi 10 oktyabr kuni O‘zbekiston terma jamoasi safida Eronga qarshi bahsning 71-daqiqasida Abbos Fayzullayevning o‘rniga zaxiradan maydonga tushgandi. U Eron bilan o‘yindan keyingi mashg‘ulotlarning hech birida ishtirok etmadi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi markaziy himoyachisi Rustam Ashurmatov Eron bilan uchrashuvda olgan sariq kartochkasi tufayli BAAga qarshi bahsni o‘tkazib yuborishga majbur.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » BAAga qarshi o‘yindan oldin O‘zbekistonda yana bir yo‘qotish...