Sudyalar uchun minimal yosh 35 yoshdan 30 yoshga tushirilishi mumkin

1 daqiqa o'qish145
Sudyalar uchun minimal yosh 35 yoshdan 30 yoshga tushirilishi mumkin

O‘zbekistonda sudyalar va xalq maslahatchilari uchun belgilangan yosh chegarasini 35 yoshdan 30 yoshga tushirish taklif etilmoqda. Shu bilan birga, sudyalikka nomzodlarni tanlash talablarini kuchaytirish rejalashtirilgan. Bu haqda Podrobno.uz xabar berdi.

Tegishli «Sudyalarning maqomi to‘g‘risida»gi qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.

Qonun loyihasida sudyalarning maqomini alohida qonun bilan belgilash birinchi marta taklif etilmoqda. Deputatlar bu sud hokimiyati mustaqilligini mustahkamlash, sudyalarning huquqiy va ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga xizmat qilishini bildirgan.

Loyihaga ko‘ra, sudya dastlab besh yil muddatga tayinlanadi. Keyinchalik uning vakolatlari nomuayyan muddatga davom ettirilishi ko‘zda tutilgan.

Shu bilan birga, sudya, sud raisi va uning o‘rinbosari lavozimlariga nomzodlarga qo‘yiladigan talablar kuchaytiriladi.

Qonun loyihasida yana bir yangi institut, «iste’fodagi sudya» maqomini qonunchilikda belgilash taklif etilmoqda. Bunday maqomga ega shaxslarga, boshqa huquqlardan tashqari, professional mediatsiya faoliyati bilan shug‘ullanish imkoniyati berilishi rejalashtirilgan.

Hujjatda sudyalar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilishga qaratilgan normalar ham nazarda tutilgan. Shuningdek, Oliy sud va quyi bo‘g‘in sudlari apparatlari ishini yaxshilash bo‘yicha choralar belgilanmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?