
Taniqli promouter Eddi Xirn yurtdoshimiz Murodjon Ahmadaliyevning Naoya Inoueni mag‘lub etishiga ishonch bildirdi.
"WBA bu jangga ikki marta buyruq berdi. Birinchi safar Naoya tomon pul to‘lab, qochishga muvaffaq bo‘ldi. Ikkinchisida ham Murodjon bilan to‘qnashuvdan qutulish uchun yo‘l topishdi. To‘g‘ri, Naoya Inoue - bu vaznning afsonasi. Biz uni hurmat qilamiz.
U ajoyib bokschi. Biroq unda bir narsa yo‘q. Bu - O‘zbek kuchidir. Ahmadaliyev Inoueni mag‘lub qiladi. Unda barcha imkoniyatlar bor. Biz uni Yaponiyada yengamiz. "Yo‘q, Naoya hech kimdan qo‘rqmaydi" deydiganlar ham bor.
Ehtimol, u qo‘rqmas, lekin jamoasi qo‘rqadi, chunki boksdagi deyarli hamma Ahmadaliyev kuchliroq ekanini yaxshi biladi. Bu - divizondagi yagona katta ahamiyatli jang. Men Murodjon Naoyani yengishiga o‘z uyimni tikaman", - dedi Xirn.
Eslatib o‘tamiz, hamyurtimiz oxirgi jangida Rikardo Espinozani 3-raunddayoq taslim etdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar