Omadilloga omad kulib boqdi! U Osiyo chempionatida mutlaq chempionlikka erishdi

Qatarda ogʻir atletika boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati oʻz yakuniga etdi. Musobaqaning soʻnggi kuni ham Oʻzbekiston terma jamoasi uchun omadli oʻtdi.
Oʻsmirlar oʻrtasida +102 kg vazn toifasida qatnashgan Omadillo Olimov dast koʻtarishda 156 kg, siltab koʻtarishda 205 kg va umumiy hisobda 361 kg natija bilan mutlaq chempionlikka erishdi va 3 ta oltin medalga sazovor boʻldi. Yoshlar toifasida ham oʻz omadini sinab koʻrgan polvonimiz ushbu natija bilan yana 3 ta bronza medalini terma jamoamiz hisobiga qoʻshib qoʻydi.

Shu tariqa, Oʻzbekiston oʻsmirlar va yoshlar terma jamoalari mazkur qit'a birinchiligida 17 tadan oltin va kumush, 10 ta bronza, jami 44 ta medalga sazovor boʻldi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Oʻsmirlar oʻrtasida +102 kg vazn toifasida qatnashgan Omadillo Olimov dast koʻtarishda 156 kg, siltab koʻtarishda 205 kg va umumiy hisobda 361 kg natija bilan mutlaq chempionlikka erishdi va 3 ta oltin medalga sazovor boʻldi. Yoshlar toifasida ham oʻz omadini sinab koʻrgan polvonimiz ushbu natija bilan yana 3 ta bronza medalini terma jamoamiz hisobiga qoʻshib qoʻydi.

Shu tariqa, Oʻzbekiston oʻsmirlar va yoshlar terma jamoalari mazkur qit'a birinchiligida 17 tadan oltin va kumush, 10 ta bronza, jami 44 ta medalga sazovor boʻldi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…