Abduqodir Husanov "Manchester Siti"da nechanchi raqamda oʻynaydi?

Abduqodir Husanov "Manchester Siti"da nechanchi raqamda oʻynaydi?
Tez orada "Manchester Siti"ga koʻchib oʻtgani rasman e'lon qilinadigan Abduqodir Husanov yangi jamoasida nechanchi raqamda harakat qilishi koʻpchilik uchun qiziq boʻlib turibdi.

Hozirda 4-raqam boʻsh lekin, lekin bu raqamning egasi Kalvin Filips boʻlib, yarim himoyachi "Ipsvich"ga ijaraga berilgan va Husanov uning raqamini olish huquqiga ega emasligi haqida xabarlar paydo boʻldi.

Mish-mishlarga koʻra, Abduqodirning tanlashi mumkin boʻlgan raqamlar ikkita: 15 va 45. Yaqin kunlarda bu savolga ham javob topiladi. Himoyachi hali Angliyaga etib kelmagan, u hali shartnomaga qoʻl qoʻyishi kerak.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar