TOP-5 ligalarida oʻynay oladigan oʻzbek futbolchilari roʻyxati e'lon qilindi

1 daqiqa o'qish15.4K
TOP-5 ligalarida oʻynay oladigan oʻzbek futbolchilari roʻyxati e'lon qilindi
Futbol sohasida tadqiqot olib borayotgan CIES Football Observatory tashkiloti Yevropaning eng kuchli besh ligasi – Angliya, Ispaniya, Germaniya, Italiya va Fransiya chempionatlarida oʻynab ketishi mumkin boʻlgan 23 yoshgacha futbolchilar roʻyxatini e'lon qildi.

Ushbu tadqiqotda dunyoning 60 ligasida toʻp tepayotgan iste'dodli yosh futbolchilar qamrab olindi. Roʻyxatni tuzishda yosh oʻyinchilarning oxirgi yildagi oʻyin vaqti, uchrashuvlar darajasi va turli koʻrsatkichlar asos qilib olindi.

Jahon miqyosidagi umumiy reytingda kuchli beshlik chempionatlariga koʻchib oʻtish imkoniyati eng yuqori hisoblangan oʻyinchi “Sporting” vakili Zeno Debast boʻldi. Belgiya terma jamoasi a'zosidan keyingi oʻrinlarni PSV futbolchilari – Rayan Flamingo va Malik Tillman egalladi.

CIES Football Observatory ekspertlari tomonidan har bir milliy ligalar boʻyicha ham “top-5” ligalarida oʻynash imkoniyatiga ega 23 yoshgacha boʻlgan futbolchilar reytingi shakllantirildi.

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi hujumkor futbolchisi Rossiya Premyer-ligasidan eng kuchli chempionatlarga yoʻl olishi mumkin boʻlgan oʻn nafar futbolchi qatoriga kiritildi.

Rossiya Premyer-ligasining eng iqtidorli oʻyinchilari reytingi quyidagicha koʻrinish oldi:
- Manfred Ugalde (“Spartak”)
- Sergey Pinyayev (“Lokomotiv”)
- Konstantin Tyukavin (“Dinamo”)
- Pedro (“Zenit”)
- Daniil Denisov (“Spartak”)
- Aleksey Batrakov (“Lokomotiv”)
- Abbosbek Fayzullayev (SSKA)
- Artem Karpukas (“Lokomotiv”)
- Andrey Langovich (“Rostov”)
- Kirill Shetinin (“Rostov”)

Oʻz navbatida, tadqiqot markazi Oʻzbekiston Superligasida 2024 yilni yuqori saviyada oʻtkazgan va hali “top-5” ligalarida oʻynashi mumkin boʻlgan 23 yoshgacha futbolchilar roʻyxatini ham tuzdi.

Unga koʻra, quyidagi iste'dodli oʻyinchilarimiz faoliyatida ijobiy oʻzgarishlar boʻlishi ehtimoli bor:
- Diyor Xolmatov (“Paxtakor”)
- Abdurauf Boʻriyev (“Paxtakor”)
- Aziz Xolmurodov (“OTMK Olmaliq”)
- Zafarmurod Abdurahmatov (“Nasaf”)
- Nodir Soyibov (“Soʻgʻdiyona”)
- Samandar Mavlonqulov (“Soʻgʻdiyona”)
- Murodbek Rahmatov (“Nasaf”)
- Xondamir Mustafoqulov (“Soʻgʻdiyona”)
- Muhammadrasul Abdumajidov (“Paxtakor”)
- Mahmud Maxamadjonov (“Paxtakor”).
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?