Ikkinchi eng yengil vaznda WBA Interim chempioni Murodjon Ahmadaliyev Turki al ash-Sheyx mutlaq chempion Naoya Inouega qarshi jangni tashkil qilishda yordam berishiga umid qilmoqda. Bu haqda Oʻzbekiston professional boks federatsiyasi xabar berdi.
"Mening jamoam Turki al ash-Sheyx bilan juda yaxshi munosabatlarga ega. Soʻnggi jangida Inoue ringga Riyadh Season logotipi bilan chiqqanini payqadim. Bu menga qandaydir umid bagʻishlaydi, chunki bilaman, Janobi Oliylari (Turki al ash-Sheyx) biror narsani xohlasa, albatta unga erishadi.
U eng yaxshi janglarni oʻtkazishni istaydi va bu vaznda mening Naoyaga qarshi jangimdan yaxshiroq bahs yoʻq. Bizga doimo "keyingi safar, keyingi safar" deyishlariga chidab boʻlmaydi. Agar shunday davom etaversa, Inoue WBA kamaridan voz kechishi kerak boʻladi", dedi Ahmadaliyev. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar