“Manchester Siti”ning 22 yoshli oʻyinchisi Jeyms Makeytiga Germaniyaning amaldagi chempioni - Leverkuzenning “Bayer” jiddiy qiziqish bildirmoqda.
“Shaharliklar” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola hujumkor futbolchining jamoadan ketishi mumkinligi haqidagi xabarlarga qanday munosabatda ekani ma'lum boʻldi.
Taniqli insayder Fabritsio Romanoning yozishicha, ispaniyalik mutaxassis bu futbolchini qoʻyib yubormaydi. “Manchester Siti” mutasaddilari ham bu oʻyinchi yaqin kelajakda asosiy tarkibning muqim oʻyinchisi boʻlishiga ishonadi.
Makeyti “Siti” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Orada ikki marotaba “Sheffild Yunayted”da ijarada oʻynab kelgan.
Joriy mavsumda birinchi jamoa tarkibida barcha turnirlarda 15 marotaba maydonga tushib, oʻz hisobiga beshta gol yozdirib qoʻydi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar