Tarkibida 4 nafar "Humo" a'zosi boʻlgan Qozogʻiston terma jamoasi oltin medallarni qoʻlga kiritdi

Tarkibida 4 nafar "Humo" a'zosi boʻlgan Qozogʻiston terma jamoasi oltin medallarni qoʻlga kiritdi
Xitoyning Xarbin shahrida oʻtkazilgan qishki Osiyo oʻyinlarida tarkibida 4 nafar "Humo" xokkeychisi boʻlgan Qozogʻiston milliy terma jamoasi oltin medallarni qoʻlga kiritdi.

Bugun turnir finalida qozogʻistonliklar Yaponiya terma jamoasini 5:0 hisobida magʻlubiyatga uchratdi. Birinchi, gʻalaba golini "Humo" hujumchisi Andrey Buyalskiy urdi. Ikkinchi golga Artyom Lixotnikov uzatma berdi.

Aytgancha, Lixotnikov turnir yakuniga koʻra oʻz terma jamoasining eng samarali oʻyinchisiga aylandi. Artyomning hisobida 20 natijali ball (4 gol + 16 uzatma) mavjud.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar