22:53 / 21.02.2025
6 594

Pep Gvardiola "Liverpul" bilan bahs oldidan fikrlarini bildirdi

Pep Gvardiola "Liverpul" bilan bahs oldidan fikrlarini bildirdi
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola Angliya Premer-ligasi doirasida "Liverpul"ga qarshi oʻyin oldidan jamoaning holati va muhim uchrashuvlar haqida fikr bildirdi.

"Real" bizdan kuchli, ammo biz raqobat qila olamiz"

Gvardiolaning ta'kidlashicha, jamoa hozir yaxshi holatda, ammo "Real" bilan kechgan oʻyin bu bahsda hisobga olinmasligi kerak. "Soʻnggi yillarda shunga amin boʻldimki, biz Chempionlar Ligasida istalgan jamoa bilan raqobatlasha olamiz. Hamisha sovrin uchun asosiy da'vogarlardan biri boʻlganmiz. "Real"ga qarshi oʻyinlar orqali ba'zi jihatlarda ustunligimizni his qilganmiz, ammo bu safar ular bizdan kuchli boʻldi va keyingi bosqichga chiqishdi. Biz bu haqiqatni qabul qilamiz. Ayni paytda ikkita markaziy himoyachimiz jarohat tufayli 2 oyga safdan chiqqan, bu biz uchun jiddiy yoʻqotish."

APLda qiyin davr boshlandi

Gvardiola Premer-ligada jamoa bir qancha murakkab vaziyatga tushganini qayd etdi. "Chempionatda yaxshi oʻyinlar oʻtkazdik. Masalan, "Arsenal"ga qarshi oʻyinda 1:5 hisobida magʻlub boʻlganimizda ham 60 daqiqa davomida zoʻr harakat qilganmiz. Biroq keyin barqarorlikni yoʻqotdik. "Nyukasl"ga qarshi bahsda yuqori daraja koʻrsatdik. Agar oʻz oʻyinimizni qayta tiklasak, Chempionlar Ligasiga yoʻllanmani qoʻlga kirita olamiz."

Taqvim va tiklanish

Gvardiola jamoa taqvimni real holat sifatida qabul qilishi kerakligini ta'kidladi. "Futbolda ba'zan qiyin davrlar boʻlib turadi. Bugun "Liverpul"ga qarshi oʻynaymiz, keyin "Tottenxem". Shundan soʻng 6-7 kunlik dam olish boʻladi, bu futbolchilarning tiklanishi uchun muhim. Navbatdagi oʻyinlarda maksimal kuch bilan harakat qilamiz."

Gvardiolaning bu soʻzlari "Manchester Siti"ning oldindagi oʻyinlarga boʻlgan jiddiy tayyorgarligi va jamoaning Chempionlar Ligasi hamda Premer-liga yoʻlidagi strategiyasini koʻrsatib turibdi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport