Naoya Inoue va Murodjon Ahmadaliyev jangi tasdiqlandi

1 daqiqa o'qish23.5K
Naoya Inoue va Murodjon Ahmadaliyev jangi tasdiqlandi
Super yengil vazn toifasining mutlaq chempioni yaponiyalik Naoya Inouening navbatdagi ikki jangi rasman tasdiqlandi. The Ring nashrining xabar berishicha, Inouening promouterlari amerikalik Ramon Kardenas va o‘zbekistonlik Murodjon Ahmadaliyev bilan jang o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishgan.

Unga ko‘ra, Naoya Inoue (29-0, 26 KO) dastlab 4 may kuni Las-Vegasda Ramon Kardenasga (26-1, 14 KO) qarshi ringga chiqadi. Agar u ushbu jangda g‘alaba qozonsa, 14 sentyabr kuni Tokioda Murodjon Ahmadaliyev bilan to‘qnash keladi.

O‘zbekistonlik bokschi Murodjon Ahmadaliyev (13-1, 10 KO) hozirda WBA vaqtinchalik chempionlik kamariga ega. U anchadan beri Inoue bilan jang qilishni talab qilib kelgan. Agar yaponiyalik bokschi unga qarshi ringga chiqishdan bosh tortganda, WBA tashkiloti Inouedan chempionlik kamarini olib qo‘yishi mumkin edi.

Ahmadaliyevning promouteri Eddi Xirn va menejeri Vadim Kornilov Inouening promouterlari bilan kelishuvga erishib, Inoue Kardenasni yengsa, keyingi raqibi Ahmadaliyev bo‘lishi bo‘yicha shartnoma imzolashdi.

Bu jang uchun Murodjon Ahmadaliyev uzoq kutgan va Inouening undan qochayotganini ta’kidlagan. “The Monster” laqabli yaponiyalik chempion esa bu da’volarni rad etib kelgan. Agar Naoya Inoue Murodjon Ahmadaliyevni mag‘lub etsa, u dekabr oyida Saudiya Arabistonidagi “Riyadh Season” musobaqasida navbatdagi jangini o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Ahmadaliyev esa ushbu imkoniyatdan foydalanib, divizionning mutlaq chempioni bo‘lishni maqsad qilgan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?