date
views 4 154

"Paxtakor" hujumchisi Brayan Riaskos: "Al Hilol"ga uchralgan mag‘lubiyat haqida

"Paxtakor" hujumchisi Brayan Riaskos: "Al Hilol"ga uchralgan mag‘lubiyat haqida
"Paxtakor" hujumchisi Brayan Riaskos Elit OCHL nimchorak final doirasida "Al Hilol"ga qarshi o‘yindan so‘ng saytimizga kichik intervyu berdi.

- Bugungi uchrashuv haqidagi fikrlaringiz bilan o‘rtoqlashsangiz...
- "Al Hilol" o‘z uyida kuchliroq o‘yin namoyish etishidan xabardor edik. Biz bor kuchimizni ishga soldik, ammo raqib ijobiy natijaga erishdi. Raqibimiz ajoyib o‘yin o‘tkazdi, ular dastlabki daqiqalardan boshlab o‘yinni nazorat qilishga intilishdi. To‘g‘risini aytsam, "Al Hilol" bugun g‘alabaga loyiq edi, sabab ular bizdan yaxshiroq o‘yin namoyish etdi.

- Chempionlar ligasini tark etgan "Paxtakor"ning bo‘lajak maqsadlari qanday?
- Superliga bahslariga tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak. Bugungi uchrashuv tarixga aylandi. Endi, to‘liq e’tiborimizni Superligaga qaratishimiz kerak. Chempionatning dastlabki turida ijobiy natija qayd etamiz degan umiddaman.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Paxtakor" hujumchisi Brayan Riaskos: "Al Hilol"ga uchralgan mag‘lubiyat haqida