
Klaudio Raneri boshqaruviga o‘tganidan keyin o‘yini kuchaygan “Roma”ning Yevropa ligasidagi yurishi nimchorak finalda to‘xtadi.
Bu bosqichda Bilbaoning “Atletik” klubiga to‘qnash kelgan rimliklar birinchi uchrashuvda Eldor Shomurodovning goli evaziga 2:1 hisobida g‘olib chiqqani bois, musobaqani davom ettirish imkoniyati bor edi.
Lekin Ispaniyadagi o‘yin Klaudio Raneri shogirdlari uchun o‘ta omadsiz boshlandi. Tajribali himoyachi Mats Xummels 11-daqiqadayoq maydondan haydalib ketdi.
“Atletik” bir kishi kam bo‘lib qolgan raqibni taslim qilishga qiynalgani yo‘q.
Klaudio Raneri o‘yinni qutqarish maqsadida qator o‘zgarishlarga qo‘l urdi va Eldor Shomurodovni 61-daqiqada maydonga tushirdi. Legionerimiz harchand urinmasin jamoasi 1:3 hisobida yutqazib, musobaqani tark etdi.
“Roma” faoliyatini yoritib kelayotgan laroma24.it sayti rimlik futbolchilarning Bilbaodagi o‘yinini quyidagicha baholadi.
SVILAR 6.5:
Qo‘ldan kelganicha, jamoasini gollardan qutqarishga harakat qildi. Biroq “Atletik” bosimi qarshisida uch marta ojiz qoldi.
MANCHINI 5.5:
Himoyadagi vazifalarini to‘liq bajara olgani yo‘q. Raqibni to‘xtatish uchun imkoniyatidan yuqoriroq o‘ynashi kerak edi.
XUMMЕLS 3:
Katta xato.
NDIKA 5.5:
Bu o‘yinda qahramonlar kerak edi. Ndikani ular qatoriga qo‘shib bo‘lmaydi.
RЕNSH 6:
“Roma” himoyachilari orasida shu futbolchi nisbatan yaxshi o‘ynadi. Lekin bu natijaga kamlik qildi.
KRISTANTЕ 5:
Standart vaziyatlarda xavfli o‘yinchiga aylana oldi. Biroq Niko Uilyamsga qarshi hech narsa qilolmadi.
EL-SHAARAVI 6.5:
O‘yin oxirida maydonga tushib, penalti ishladi.
PARЕDЕS 5.5:
Asabiy o‘ynadi, himoyalanish qobiliyati yetishmadi. Penaltini aniq bajardi xolos.
ANJЕLINO 5:
Vaziyat unga qarshi ishladi. O‘z darajasida o‘ynay olgani yo‘q.
DIBALA 5.5:
Rim xaloskoriga aylana olmadi. Vaziyatni o‘zgartirishga kuchi yetmadi. 61-daqiqada o‘rnini Eldor Shomurodovga bo‘shatib berdi.
SHOMURODOV 6:
Maydonga tushishi bilan “Atletik” darvozasiga xavf soldi. Eldorning zarbasini raqib posboni qaytarib qoldi. Jamoani jonlantirdi. Biroq uning harakatlari ham vaziyatni o‘nglashga kamlik qildi.
BALDANSI 6:
Uchrashuvga ijobiy ta’sir o‘tkazishga harakat qildi. Lekin maqsadiga yetolmadi. 61-daqiqada o‘rniga Pizilli tushdi.
PIZILLI 5.5:
O‘yinga qo‘shilishi bilan Eldor Shomurodovni tezkor qarshi hujumga chiqarib yuborganini aytmaganda, hech narsa qila olmadi.
DOVBIK 4,5:
O‘yindan chetda qoldi.
SULЕ 5.5:
53-daqiqada Dovbik o‘rniga maydonga tushdi. Driblinglari “Atletik” darvozasi oldida xavfli vaziyat yaratishga kamlik qildi.
RANЕRI 5:
O‘yinga tuzgan rejasini 11-daqiqadayoq Mats Xummels chippakka chiqardi. Tajribali murabbiy uchrashuv natijasini o‘zgartiradigan taktika topa olmadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar