824
Kristian Brauzman: "O‘zbekiston bilan oddiy o‘yin bo‘lgani yo‘q, o‘z o‘yinimizni ko‘rsata olmadik"

Qirg‘iz Respublikasi terma jamoasi futbolchisi Kristian Brauzman JCH-2026 saralashidan o‘rin olgan O‘zbekistonga qarshi uchrashuvdan
keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Oddiy o‘yin bo‘lgani yo‘q, jamoamizda ko‘p narsa o‘xshamadi deya olaman. O‘z o‘yinimizni ko‘rsata olmadik. Nima ham derdim, xatolar ustida ishlashda davom etamiz. O‘yinni tahlil qilamiz, chunki keyingi o‘yinimiz Qatarga qarshi. Ushbu uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rishni boshlaymiz.
Biz qayerda o‘ynasak ham muxlislar doim qo‘llab-quvvatlaydi. Bu juda yoqimli. Ularga mehnatlari, g‘amxo‘rliklari uchun rahmat aytamiz.
25 mart kuni uyda o‘ynaymiz va shu kuni barchani stadionda kutamiz. Bizni qo‘llab-quvvatlang. Birgalikda yutuqlarga erishamiz", – deydi Brauzman. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar