
Jahon chempionati saralash guruh bosqichining 8-turidagi bahs o‘z nihoyasiga yetdi. Mazkur turda O‘zbekiston terma jamoasi Tehronda Eron bilan bahs olib borib, 2:2 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Uchrashuvning 16-daqiqasida Hojimat Erkinov hisobni ochgan bo‘lsa, 52-daqiqada "Inter" hujumchisi Taremi hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Oradan bir daqiqa o‘tib yosh yulduzimiz Abbosbek Fayzullev yana terma jamoamizni oldinga olib chiqdi. 83-daqiqada esa Mehdi Taremi dubl qayd etib, hisobni yana tenglashtirdi.
Ushbu muvaffаqiyat orqali forslar Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
JCH-2026 3-saralash bosqichi, 8-tur
Eron - O‘zbekiston 2:2
Gol: Xojimat Erkinov (Farruh Sayfiyev) 16, 0:1, Mehdi Taremi 51, 1:1, Abbos Fayzullayev 55, 1:2, Mehdi Taremi 82, 2:2
Eron: 1.Alirizo Beyranvand, 2.Solih Xardani, 4.Shojaye Halilzoda, 5.Milad Muhammadi, 6.Said Izzatullohi, 7.Alirizo Jahonbahsh, 9.Mehdi Taremi, 10.Mehdi Gayedi, 13.Hussayn Kanani, 14.Saman G‘oddos, 20.Sardor Azmun.
Zaxira: 12.Payam Niazmand, 22.Hussayn Hussayni, 3.Muhammad Gorbani, 8.Muhammad Javad, 11.Ali Golizoda, 15.Amin Hazbavi, 16.Amirhussayn Hussayinzoda, 17.Muhammad Karimi, 18.Ali Alipur, 19.Ali Ne’mati, 21.Omid Nurafkan, 23.Arya Yusufi.
O‘zbekiston: 1.O‘tkir Yusupov, 3.Hojiakbar Alijonov, 2.Abduqodir Husanov, 15.Umar Eshmurodov, 5.Rustam Ashurmatov, 4.Farruh Sayfiyev, 9.Odil Hamrobekov, 7.Otabek Shukurov, 22.Abbosbek Fayzullayev, 20.Hojimat Erkinov (11.Ruslanbek Jiyanov, 65), 14.Eldor Shomurodov.
Zaxira: 12.Abduvohid Ne’matov, 16.Botirali Ergashev, 6.Akmal Mozgovoy, 8.Jamshid Iskanderov, 10.Bobir Abdixoliqov, 13.G‘olib G‘aybullayev, 17.Abdurauf Bo‘riyev, 18.Abdulla Abdullayev, 19.Zafarmurod Abdirahmatov, 21.Dilshod Komilov, 23.Ibrohimhalil Yo‘ldoshev. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar