
Argentinalik afsonaviy futbolchi, «Oltin to‘p»ning 8 karra sohibi Lionel Messi o‘zining futbolda kimlarga havas qilganini ma’lum qildi. Uning aytishicha, u doimo Pablo Aymar va Diyego Maradonaga hurmat bilan qaragan va ularning o‘yin uslubidan ilhomlangan.
«Pablo Aymarning o‘yinlari menga juda yoqardi. U "River Pleyt"da o‘ynaganida ajoyib jamoaga ega edi va ajralib turardi. Uning maydondagi harakatlari menga havas bag‘ishlardi.
Diyego Maradona men uchun alohida ahamiyatga ega futbolchi – biz argentinaliklar uchun u birinchi raqamli futbolchi hisoblanadi. Keyin esa Pabloni aytgan bo‘lardim. Unga futbolchi sifatida havas qilardim, juda yaxshi ko‘rardim», – dedi Messi.
Pablo Aymar Argentina futbolida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan yulduzlardan biri hisoblanadi. U «River Pleyt», «Valensiya» va «Benfika» kabi klublarda o‘ynab, o‘zining texnik mahorati bilan ajralib turgan. Diyego Maradona esa nafaqat Argentina, balki jahon futboli tarixidagi eng buyuk futbolchilardan biri sifatida tan olingan.
Lionel Messi bugungi kunda argentinalik yosh futbolchilar uchun o‘zi kumir sanaladi. Uning futbolga bo‘lgan mehri va maydondagi harakatlari butun dunyodagi muxlislarni hayratga solib kelmoqda.
Manba: GiveMeSport “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar