23:35 / 31.03.2025
21 951

Temur Kapadze: Husanovning "merry me" marosimi haqida gapirib berdi (video)

Temur Kapadze: Husanovning "merry me" marosimi haqida gapirib berdi (video)
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Temur Kapadze yaqindagi intervyusida qiziqarli voqea haqida gapirib berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, "Manchester Siti" himoyachisi Abduqodir Husanov mart oyida Qirg‘iziston va Eronga qarshi o‘yinlarga tayyorgarlik jarayonida qiziga uylanish taklifini berish uchun ruxsat so‘ragan.

Kapadze Abduqodir Husanovning iltimosini eshitib, uning o‘yinlarga xalaqit bermasligi uchun ruxsat berganini ma’lum qildi. "Temur aka, menga ruxsat bering, o‘yindan oldin o‘tkazib olay, bo‘lmasa xayolimda shu tashvish bilan yuraman, o‘yinimga xalaqit qiladi, chalg‘ib qolaman", — degan Husanov.

Temur Kapadze esa unga: "Bo‘pti, faqat imi-jimida, birov bilib, birov bilmay qolsin", — deb maslahat bergan. Biroq marosim kutilganidan ham katta shov-shuvga aylanib ketdi.

Ushbu voqea futbol muxlislari orasida keng muhokama qilindi va ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab memlar paydo bo‘ldi. Abduqodir Husanovning shunday jiddiy tayyorgarlik jarayonida ham shaxsiy hayotiga vaqt ajrata olgani va bu holatni yuksak kayfiyat bilan qabul qilgani futbolchilarning inson sifatidagi jihatlarini yana bir bor namoyon qildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport