date 09:36 / 06.04.2025
views 10 036

Boks. Terma jamoamiz Jahon kubogida qanday natijaga erishdi?

Boks. Terma jamoamiz Jahon kubogida qanday natijaga erishdi?
Xabaringiz bor, 31 martdan 5 aprelga qadar Braziliyaning Fos-du-Iguasu shahri World Boxing tashkiloti kubogi bahslariga mezbonlik qildi. Bugun musobaqaning final janglari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.

Erkaklar terma jamoasi bilan ishtirok etgan To‘lqin Qilichev boshchiligidagi jamoamizning 7 nafari final yo‘llanmasini hal etishib, ulardan 5 tasi oltin medalni naqd qilishdi. 2 nafar bokschimizga, biroz omadi yetishmadi.

Qayd etish kerak, vakillarimiz erkaklar kesimida 10 ta vaznning 8 tasida sovrindor va 5 tasida oltin medallarni qo‘lga kiritdi. Bu natija albatta umumjamoa hisobida birinchilikni doimgidek bizga olib keldi.

Bizdan keyin mezbonlar 3 ta oltin, 2 kumush va 4 ta bronza bilan, uchinchi o‘rin esa, qo‘shnilarimiz Qozog‘iston jamoasiga nasib etdi. Ular hisobida 3 oltin (ikki erkak, bir ayol) va 3 ta bronza.

G‘olib va sovrindorlarimiz bilan tanishing:

Oltin medal:

-50 kg. Asilbek Jalilov
-75 kg. Fazliddin Erkinboyev
-80 kg. Javohir Ummataliyev
-90 kg. To‘rabek Xabibullayev
+90 kg. Jahongir Zokirov

Kumush medal:
-55 kg. Mirazizbek Mirzahalilov
-85 kg. Akmaljon Isroilov

Bronza medal:
-60 kg. Madiyar Daniyarov

Murabbiylar: To‘lqin Qilichev, Rahmatjon Ro‘ziohunov, Akmal Hasanov, Davron Gafurov, Nodir G‘ulomov, Lazizbek Zokirov, Botirjon Mahmudov.

Jamoa rahbari: Shohid Tillaboyev
Shifokor: Komiljon Rasulov
Jamoa matbuot kotibi: Jaloliddin Yusupov
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport