
Almashtirib bo‘lmaydigan Husanov nega maydonga tushirilmayapti?
Angliya Premer-ligasining markaziy uchrashuvlaridan biri – Manchester derbisida futbol jamoatchiligi diqqat markazida yana bir nom bor edi – Abduqodir Husanov. Biroq, 21 yoshli markaziy himoyachi ketma-ket ikkinchi marta “Manchester Siti”ning uchrashuvida zaxirada qoldi.
Avvalgi turda “Lester”ga qarshi o‘tkazilgan bahs qaydnomasiga ham kiritilmagan o‘zbekistonlik legioner, bu gal “Manchester Yunayted”ga qarshi o‘yinda ham asosiy tarkibdan o‘rin olmadi.
Gvardiolaning tanlovi muxlislarni g‘azablantirdi
O‘ziga xos uslubi va doimo kutilmagan qarorlari bilan tanilgan Xosep Gvardiolaning bu qarori futbol ishqibozlari orasida keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Xususan, “Manchester Siti”ning turli mamlakatlardagi fanatlari ijtimoiy tarmoqlarda Abduqodir Husanovning maydonga tushirilmayotganidan norozilik bildirishmoqda.
Jacob Muriungi:
“Husanov o‘yinni boshlang‘ich tarkibda boshlashi kerak edi. U ishonchli va juda yaxshi himoyachi!”
Base Camara:
“Husanov Pepga nima qildi? Abduqodir turganda Nuneshni tushirish – jinoyat!”
Tafadzwa Chigogo:
“Orqa chiziqda pozitsiyani to‘g‘ri tanlay oladigan Husanov kerak.”
Kennedy Jeremiah Mwansa:
“Doku, Niko, Reys, Savino, Husanov va MakEti boshlang‘ichda bo‘lishi kerak. Bernardu, Gyundog‘an, De Bryuyne, Foden va Nunesh keyin o‘yinga kirsa bo‘laveradi. Bu tarkib bilan 13-o‘rindagi jamoani ham yuta olmadik!”
Itz Successful:
“Abduqodirning sport formasi baland, uni maydonga tushirish kerak edi. Nunesh o‘ynagan o‘yinda yutqazdik.”
Sphetho Myeni:
“Gvardiola Chempionlar ligasini istamayaptimi? Shu tarkib bilan ochko yo‘qotyapmiz.”
Rosalanavho Mutenda:
“Mana shunday muhim o‘yinlarda Husanovni o‘ynatmaslik — xato! To‘rtinchi o‘rin ham qoladi.”
Martin:
“G‘alaba suvdek zarur. Savino va Husanovni zaxirada ushlab o‘tirish — g‘alati qaror.”
Amën De Ketelaere:
“Husanov — asosiy tarkib o‘yinchisi. Shu aniq.”
Tsitsi Chikungwa:
“Sariq kartochka uchun tushirilmayaptimi? Tushunmadim.”
Kanema Shamboko:
“Husanov, Niko, Doku, Grilish – bular boshlang‘ich tarkibda bo‘lishi shart! Pepning o‘zini zaxiraga mixlash kerak.”
G-WIZZY:
Husanov nega boshlang‘ich tarkibda ko‘rinmay qoldi?
Marwan Sameh:
Pepga “ofarin”, Doku va Husanov zaxira o‘rindig‘ida o‘tiribdi...
Rex Chalumbwa:
“Yana Nunesh? Husanov shunchalik ideal holatda turibdi-ku!”
Michael Oyewumi:
“Gvardiola hech o‘zgarmaydi. Nunesh asosiyda, Husanov zaxirada – tushunarsiz!”
Wisdom Simonz:
“Bizga Husanov va Niko kerak, boshlang‘ichdan! Bu futbol, eksperiment emas!”
Atul Gupta:
“Husanov, Doku, Savino — barchasi zaxirada. Bu jamoa hujum qilishni istamaydi, shekilli.”
Austine Munkanta:
“Pep katta masxaraboz! Savino, Doku va Husanov tarkibdan chiqarilgan...”
Richard Woodward:
“Doimo shu to‘rtlik — Doku, Savino, Niko va Husanov asosiyda bo‘lishi kerak!”
Fevral oyining eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Abduqodir Husanovning zaxirada qolishi — faqat bir o‘yin emas, balki “Manchester Siti”ning o‘yinidagi umumiy muvozanatga ham ta’sir qilyapti. Gvardiola hozircha o‘z qarorini o‘zgartirmayotgan bo‘lsa-da, muxlislar bosimi ortib bormoqda. Unga quloq solish vaqti kelmadimi? “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar