date
views 1 348

"Arsenal" "Real"ni yirik hisobda mag‘lub etdi, "Bavariya" o‘z uyida "Inter"ga yengildi (video)

"Arsenal" "Real"ni yirik hisobda mag‘lub etdi, "Bavariya" o‘z uyida "Inter"ga yengildi (video)
Yevropa Chempionlar Ligasi chorakfinal bosqichidagi ilk o‘yinlar kutilmagan natijalarni taqdim etdi.

Londonda o‘tgan to‘qnashuvda «Arsenal» Madridning «Real» jamoasiga qarshi juda ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Deklan Rays dubl qayd etdi, yana bir gol esa Mikel Merino tomonidan kiritildi. Natijada londonliklar chorak finalni yirik hisobda boshlashdi.

Myunxenda esa kutilmagan voqea yuz berdi — «Bavariya» o‘z maydonida Italiyaning «Inter» jamoasidan mag‘lub bo‘ldi. Tomas Myuller nemislar safida yagona gol muallifi bo‘ldi. Milanliklardan esa Lautaro Martines va Davide Frattezi gol urdi.

Javob o‘yinlari 16 apreldan 17 aprelga o‘tar kechasi o‘tkaziladi.

YECHL. Chorakfinal

Arsenal – Real 3:0
Gollar
: Rays 58, 70, Merino 75
Arsenal – Rayya, Timber (Uayt, 90+1), Saliba, Kiver, Lyuis-Skelli, Parti, Rays (Tirni, 80), Edegor, Merino, Martinelli, Saka (Trossar, 74).
Real Madrid – Kurtua, Ryudiger, Asensio, Alaba (Garsiya, 79), Valverde, Kamavinga, Modrich (Vaskes, 71), Bellinghem, Rodrigo (Diaz 85), Mbappe, Vinisius.
Ogohlantirishlar: Parti (54), Kamavinga (70).
Chetlatish: Kamavinga (90+4)

Bavariya – Inter 1:2
Gollar
: Myuller – Martines 38, Frattezi 88
Bavariya – Urbig, Laymer, Min-Chje, Dayer, Stanishich, Goretsa, Kimmix, Olise, Gerreyru (Gnabri, 74), Sane (Myuller, 74), Keyn.
Inter – Zommer, Pavar, Acherbi, Bastoni, Darmian (Bissek, 79), Barella, Chalxanoglu, Mxitaryan (Frattezi, 74), Augusto, Martines, Tyuram.
Ogohlantirishlar: Min-Chje (28), Martines (53), Mxitaryan (71), Frattezi 88.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Arsenal" "Real"ni yirik hisobda mag‘lub etdi, "Bavariya" o‘z uyida "Inter"ga yengildi (video)
LiveInternet