
Saudiya Arabistoni chempionatining 27-turida “An-Nasr” o‘z maydonida “Ar-Riyod”ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Ikkala gol ham 40 yoshli Krishtianu Ronaldu tomonidan kiritildi, ayniqsa ikkinchi gol muxlislarni hayajonga soldi.
Pirs Morgan: “Biz Ronalduni olishimiz kerak edi”
Mashhur britaniyalik jurnalist, televideniye yulduzi va “Arsenal”ning ashaddiy muxlisi Pirs Morgan Ronalduning dublidan so‘ng o‘z fikrlari bilan ijtimoiy tarmoqda o‘rtoqlashdi.
“Achinarlisi shundaki, Arsenal mening maslahatimga quloq solmadi. Krishtianu MYUdan ketganida bizga kelishga tayyor edi. Agar o‘shanda uni olganimizda, ehtimol 3 marta chempion bo‘lgan bo‘lardik”, — deb yozdi Morgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ronaldu hozir ham dunyodagi eng yaxshi yakunlovchilardan biri hisoblanadi.
“Arsenal”ga maslaxat berilgan, ammo...
Morgan avvalroq ham bir necha bor “Arsenal” rahbariyatini Ronalduni jamoaga taklif qilishga chaqirgandi. Ammo klub bu harakatni amalga oshirmadi va Ronaldu Saudiyaning “An-Nasr” jamoasiga yo‘l oldi.
Hozir esa Ronaldu: 933 ta rasmiy gol, jahon tarixidagi eng ko‘p gol urgan futbolchi maqomi va har bir yangi to‘pi bilan yangi tarix yozmoqda.
Muxlislar nima deydi?
Futbol ishqibozlari Morganning fikriga asosan ikkita guruhga bo‘lindi:
- “Ronaldu kelganida Arsenal chempion bo‘lardi”, deydi ba’zilar,
- Boshqalar esa “U 40 yoshda, bizga yosh qoni kerak”, deb javob qaytarmoqda.
Bir narsa aniq — Krishtianu Ronaldu hali ham futbolni jonlantira oladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!