U-17 Osiyo kubogi: Bugun final uchun hal qiluvchi bahs!

1 daqiqa o'qish65.7K
U-17 Osiyo kubogi: Bugun final uchun hal qiluvchi bahs!
Saudiya Arabistonidagi qizg‘in futboli kechalarda O‘zbekiston U-17 terma jamoasi navbatdagi muhim sinov ostonasida turibdi. Osiyo kubogining yarim finalida yosh futbolchilarimiz bugun, 17 aprel kuni, Koreya Xalq Demokratik Respublikasi termasiga qarshi maydonga tushishadi.

Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 22:15da Toif shahrida joylashgan «Qirol Fahd» stadionida bo‘lib o‘tadi. Bu — finalga chiqish uchun hal qiluvchi bahs.

Muxlislar uchun bu kecha oddiy o‘yin emas — bu yurakni titratuvchi, orzularga yetaklovchi finalga yo‘l!

O‘zbekiston U-17 terma jamoasi ushbu musobaqada barcha o‘yinlarda qayrat va jonkuyarlik bilan harakat qilmoqda. Endi esa ular oldidagi to‘siq — KXDR termasi. Bu oson raqib emas, ammo yurtimiz yoshlari bu to‘siqni ham yengishga tayyor ekanini maydondagi har bir harakatida ko‘rsatmoqda.

Futbol — faqat gollar emas, bu yurak, xarakter va yurt sharafini munosib himoya qilishdir. Bugungi o‘yin shunday g‘ururli kunlardan biri bo‘lishi mumkin.

Muxlislar, ekran qarshisidagi o‘rinlaringizni egallang! Qo‘llab-quvvatlashni unutmang — biz finalga chiqishimiz mumkin!
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?