date
views 919

Florentino Peres Anchelottini klubda saqlab qolish yo‘lini izlayapti

Florentino Peres Anchelottini klubda saqlab qolish yo‘lini izlayapti
Yevropa Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi «Real» bu yil musobaqani erta tark etganidan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelottining klubdan ketishi haqida turli xabarlar tarqala boshladi.

Bu holatdan foydalanishga uringan Braziliya futbol konfederatsiyasi italiyalik taniqli mutaxassisni milliy terma jamoasiga olib kelishga yana bir bor harakat qildi. Ammo Marca nashrining ma’lum qilishicha, 65 yoshli Anchelotti yana bir marta braziliyaliklarning taklifini rad etgan.

Anchelotti «Real»dagi ishini davom ettirishni istaydi va klubni tark etish niyatida emas. «Qirollik klubi» rahbariyati ham italiyalik murabbiyning qolish istagidan xabardor bo‘lib, unga nisbatan do‘stona munosabatlarini davom ettirmoqchi. Klub prezidenti Florentino Peres ham Anchelotti bilan hamkorlikni saqlab qolish tarafdori.

Shu bilan birga, agar Anchelotti bosh murabbiylikdan olingan taqdirda ham, «Real» rahbariyati unga klubda boshqa vazifani ishonib topshirishga tayyor ekanini ma’lum qilgan.

Karlo Anchelottidan salbiy javob olgan Braziliya futbol konfederatsiyasi endi boshqa nomzodga murojaat qilishi mumkin. Xabarlarga ko‘ra, Braziliya terma jamoasi boshqaruviga hozirda Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubida ishlayotgan Jorje Jezush olib kelinishi kutilmoqda.

Siz nima deb o‘ylaysiz: Anchelotti “Real”ni yana bosh murabbiy sifatida boshqarishda davom etamidi yoki yangi rolga o‘tadi?
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Florentino Peres Anchelottini klubda saqlab qolish yo‘lini izlayapti