Rodri transferidagi burilish Real Madrid rahbariyatini gʻazabga keltirdi

Rodri faoliyatini Barselona safida davom ettirishga yaqinlashgani Real Madrid rahbariyati, jumladan Florentino Peres va Joze Mourinyoning qattiq g'azabiga sabab bo'ldi. Avvaliga Peres futbolchini olishni rejalashtirmagan, biroq uning mundialdagi o'yinlari hamda Xose Anxel Sanches va Juni Kalafatning kafolatlaridan so'ng transferga rozi bo'lgan edi.
Ispaniyalik yarimhimoyachi Rodri faoliyatini Barselona safida davom ettirishga yaqin turgani futbol olamida qizgʻin muhokamalarga sabab boʻlmoqda. Avvalroq matbuotda «qirollik klubi» futbolchining qaroriga vazminlik bilan yondashgani va uni hurmat qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq Sport nashri keltirib oʻtgan yangi tafsilotlar bu taxminlarni butunlay rad etib, Madrid rahbariyatidagi jiddiy norozilik va gʻazabdan darak bermoqda. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Foot Mercato va AS nashrlariga tayanib tarqatilgan dastlabki maʼlumotlarda Real Madrid Rodri tanlovini tushunishi hamda unga kelgusida omad tilagani taʼkidlangandi. Aslida esa Florentino Peres va jamoa bosh murabbiyi bu vaziyatdan qattiq gʻazablangan. Klub prezidenti deyarli hal boʻlgan deb oʻylangan transferning barbod boʻlganidan oʻta taassufda ekanligi aytilmoqda.
Rahbariyat va Peresning hafsalasi pir boʻldi
Maʼlum boʻlishicha, Florentino Peres dastlab bu yarimhimoyachini tarkibga qoʻshib olishni rejalashtirmagan edi. Biroq uning mundialdagi ajoyib oʻyinlari va klubdagi ishonchli vakillari — Xose Anxel Sanches hamda Juni Kalafatning qatʼiy saʼy-harakatlari tufayli prezident fikridan qaytgan va transferga rozi boʻlgan edi.Sanches va Kalafat rahbariyatga futbolchi bilan kelishuvga erishilgani va barchasi ijobiy yakunlanishini kafolatlagandi. Shunga qaramay, oxirgi pallada vaziyat keskin oʻzgarib ketdi va Rodri Barselona bilan muzokaralarni faollashtirdi. Bu holat Madrid klubi boshqaruvida chuqur tushunmovchilikni keltirib chiqardi.
Saylovoldi poyga va murabbiyning munosabati
Vaziyatning yanada taranglashishiga Rodrining ismi Real Madrid prezidentlik saylovlarida nomzod boʻlgan Enrike Rikelmvening rejalari qatorida tilga olingani ham sabab boʻldi. Bu holat Florentino Peresning keskin noroziligiga sabab boʻlib, u dastlab futbolchining nomzodini rad etishga ham urinib koʻrgan edi.Shuningdek, jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinyo ham ushbu transfer boy berilganidan qattiq jahl otiga mingan. Mutaxassis va klub rahbariyati asosiy raqobatchining bu kabi ustunlikka erishishini va rejalar amalga oshmay qolganini hazm qila olmayapti. Madridliklar endilikda yozgi transfer bozoridagi strategiyasini qayta koʻrib chiqishga majbur boʻlmoqda.






























Izohlar 0
…