date
views 97

Osiyo chempionati. Bugun 5 nafar bokschimiz ringga ko‘tariladi

Osiyo chempionati. Bugun 5 nafar bokschimiz ringga ko‘tariladi
Xabar berganimizdek, 17 apreldan 1 maygacha Iordaniyaning Amman shahri o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi.

20 aprel bahslardan o‘smirlar ishtirokidagi janglar o‘rin olgan. Kun doirasida terma jamoamizdan 5 nafari ringga ko‘tariladi.

Juftliklar bilan tanishing:

-50 kg: Dinislom Davlatiyorov - Sergey Artemenko (Ukraina)

-54 kg: Sabrina Chakamanova - Xadicha Safinova (Qirg‘iziston)

-52 kg: Asadbek Esonboyev - Kazuma Kumamoto (Yaponiya)

-54 kg: Bobomurod Boymirzayev - Hayitmurat Astanov (Turkmaniston)

-57 kg: Asilbek Abduqodirov - Mohaime Al-Allakmo (Iroq)

Janglar Toshkent vaqti bilan 14:00 dan boshlab start oladi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Osiyo chempionati. Bugun 5 nafar bokschimiz ringga ko‘tariladi