
Kecha AQSHning Kanzas-Siti shahrida UFC on ESPN 66 turniri bo‘lib o‘tdi. Ushbu jang kechasi muxlislarga bir nechta ajoyib uchrashuvlar va kutilmagan natijalarni taqdim etdi. Quyida ushbu oqshomning to‘liq natijalari bilan tanishib chiqishingiz mumkin.
Asosiy kard janglari:
— Irlandiyalik yosh iqtidor Ian Garri kuchli raqibi Karlos Prates bilan to‘liq uch raund davomida shiddatli kurash olib borib, hakamlarning bir ovozdan chiqargan qarori bilan zafar quchdi.
— Xitoylik Minyan Chjan tajribali amerikalik Entoni Smitni jangning birinchi raundidayoq texnik nokautga uchratib, ajoyib g‘alabani nishonladi.
— Devid Onama Gruziya sharafini himoya qilgan Giga Chikadzega qarshi murakkab va shiddatli kechgan uchrashuvda ochkolar hisobida g‘alaba qozondi.
— Abusupyan Magomedov braziliyalik UFC yulduzi Mishel Pereyra bilan bo‘lgan bahsda hakamlarning bir ovozdan chiqargan qaroriga ko‘ra g‘alaba qozondi.
— Yamaykalik Rendi Braun ham ikkinchi raundda raqibi Nikolas Dalbini texnik nokautga uchratib, muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.
— Rossiyalik Ikram Aliskerovning uchrashuvi esa yanada tez va ko‘zga ko‘rinarli bo‘ldi. U birinchi raunddayoq Andre Munisga qarshi texnik nokaut usulida g‘alaba qozondi.
Prelim janglari natijalari:
— Mett Shnell raqibi Jimmi Flikdan kuchliroq ekanini ochkolar hisobidagi ustunlik bilan isbotladi.
— Evan Elder ham ochkolar hisobiga ko‘ra hakamlarning yakdil qarori bilan Axmad Xassanzadani mag‘lub etdi.
— Malkolm Vellmeyker Kemeron Saaymanga qarshi birinchi raunddayoq texnik nokaut bilan muhim g‘alabani nishonladi.
— Jaklin Amorim ham raqibasi Polyana Vianani ikkinchi raundda taslim ettirish usuli bilan mag‘lub etdi.
— Joselin Edvards raqibasi Chelsi Chendler ustidan birinchi raundda texnik nokaut usulida g‘alaba qozondi.
— Kris Guterres va Jon Kastaneda jangining g‘olibi ham ochkolar hisobida aniqlandi. Natijada, Kris Guterres g‘olib deb topildi.
— Timoti Kuamba raqibi Roberto Romeroni ikkinchi raundda texnik nokaut bilan yengib, o‘z mavqeini yana bir bor ko‘rsatdi.
— De'Mon Blekshir esa ochkolar bo‘yicha hakamlarning yakdil qarori bilan Xeyli Alatengni mag‘lub etdi.
Ushbu kechadagi shiddatli janglar va texnik nokautlarga boy UFC turniri aralash jang san’ati muxlislariga yana bir ajoyib shouni namoyish etdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar