
“Olimpiyskiy stadion”da bo‘lib o‘tgan UEFA Chempionlar Ligasi yarim finalining ilk bahsida “Barselona” va “Inter” 3:3 hisobida durang o‘ynadi. “Inter” o‘yinning boshidanoq ustunlikni qo‘lga oldi: 1-daqiqada Markos Tyuram, 21 va 63-daqiqalarda Denzel Dyumfris gol urdi. “Barselona” esa Lamine Yamal (24'), Ferran Torres (38') va Inter darvozaboni Yann Sommer tomonidan urilgan avtogol (65') orqali hisobni tenglashtirdi.
Statistikaga qaraganda, “Barselona” ustunlikni qo‘ldan bermadi – 72% to‘p nazorati, 683 pas va 90% aniqlik. Kataloniyaliklar 19 marta zarba yo‘llab, 9 tasini darvozaga aniq yo‘lladi. “Inter” esa 7 ta zarba (3 tasi aniq) bilan javob berdi. Ikkinchi o‘yinga qadar hammasi ochiq qolmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
 Enter
 Xato topdIngizmi? 
 Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
 