date
views 290

Chempionlik va kubokdan so‘ng — kutilmagan qaror

Chempionlik va kubokdan so‘ng — kutilmagan qaror
Portugaliyalik tajribali mutaxassis Xorxe Jezus Saudiya Arabistonining mashhur klubi “Al-Hilol” bosh murabbiyi lavozimini rasman tark etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati rasmiy bayonot orqali ma’lum qildi.

Jezus 2023 yildan buyon Riyod klubini boshqarib kelayotgan edi. Uning qo‘l ostida jamoa o‘tgan mavsumda Saudiya chempionati va Qirol kubogini qo‘lga kiritib, ikki karra chempionlikni nishonlagan edi.

Mag‘lubiyatdan so‘ng uzilish

Saudiya matbuot vositalarida tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, Jezusning lavozimdan ketishiga asosiy sabab — jamoaning Elit Chempionlar ligasidagi so‘nggi mag‘lubiyati bo‘lgan.

Mazkur musobaqaning yarim finalida “Al-Hilol” “Al-Ahli” klubi bilan kuch sinashgan va 1:3 hisobida mag‘lub bo‘lgan. Bu natija klubda jiddiy tahlillarga va murabbiy almashinishiga olib kelgani aytilmoqda.

Jamoa hozirgi holati qanday?

Joriy mavsum Saudiya chempionatida “Al-Hilol” hali ham yuqori o‘rinlar uchun kurashni davom ettirmoqda. 29-tur natijasiga ko‘ra, jamoa turnir jadvalida ikkinchi pog‘onada bormoqda va hozircha 62 ochko jamg‘argan.

Xorxe Jezusning ketishi ortidan “Al-Hilol” uchun yangi davr boshlanishi mumkin. Chempionat yakunigacha jamoa oldida jiddiy bahslar qolmoqda. Endi klub navbatdagi murabbiyni tanlash orqali o‘z maqsadlariga qanday yetmoqchi?

Sizningcha, “Al-Hilol” Xorxe Jezussiz ham yuqori natijalarga erisha oladimi?
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Chempionlik va kubokdan so‘ng — kutilmagan qaror