date
views 63

"Bayer"da murabbiylar almashinuvi yaqinlashmoqda: Alonso o‘rnini kim egallaydi?

"Bayer"da murabbiylar almashinuvi yaqinlashmoqda: Alonso o‘rnini kim egallaydi?
Yangi mavsum arafasida Yevropa futbolida e’tibor markaziga aylangan masalalardan biri — "Bayer Leverkuzen" klubining bosh murabbiyi Xabi Alonso bilan bog‘liq. Ushbu yozda jamoa boshqaruvini tark etishi kutilgan mutaxassisning o‘rniga kim kelishi katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Avvalroq asosiy nomzodlardan biri sifatida sobiq ispaniyalik yulduz va hozirda "Komo" klubi bosh murabbiyi bo‘lib ishlayotgan Sesk Fabregas tilga olingandi. Biroq, insayderlar ma’lum qilishicha, Fabregasning maosh borasidagi talablari "Bayer"ning taklifidan ancha yuqori bo‘lgan. Shu bois, klub rahbariyati yangi nomzod qidirishga majbur bo‘ldi.

Endilikda, Leverkuzen klubi diqqatini Angliya Premer-Ligasidagi istiqbolli mutaxassislardan biri — "Brayton" ustozi Fabian Xyutsellerga qaratdi. Germaniyaning nufuzli nashrlaridan bo‘lgan SportBILD tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, "Bayer" va 32 yoshli shveysariyalik murabbiy o‘rtasidagi muzokaralar juda ijobiy tarzda ketmoqda va tomonlar kelishuv arafasida turibdi.

Xyutseller Premer-Ligadagi eng yosh murabbiylardan biri bo‘lib, 2024 yil boshida "Brayton" boshqaruvini qo‘lga olgan. U jamoasi bilan 35 turda 52 ochko to‘plab, turnir jadvalida 10-pog‘onada turibdi. Uning jamoa bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lsa-da, "Bayer" rahbariyati uning falsafasi va zamonaviy yondashuvini yuqori baholab, Xabi Alonso o‘rnida ko‘rishni juda istamoqda.

Tahlilchilarga ko‘ra, Xyutseller "Bayer" kabi ambitsiyali jamoani boshqarish uchun yaxshi nomzod. Uning yosh bo‘lishiga qaramay, yuqori darajadagi o‘yin uslubi, taktik tahlillarga bo‘lgan e’tibori va yosh futbolchilar bilan ishlashdagi mahoratli yondashuvi Leverkuzen klubi uchun ayni muddao bo‘lishi mumkin.

Endi esa barcha muxlislarning ko‘zi va qulog‘i — yaqin kunlarda rasman e’lon qilinishi mumkin bo‘lgan tayinlovda. Xabi Alonso bilan ajoyib natijalarga erishgan "Bayer" yangi murabbiy bilan ham shu ruhda yurishni maqsad qilmoqda. Fabian Xyutseller esa bu ishonchni oqlay oladimi? Javob yaqinda ma’lum bo‘ladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Bayer"da murabbiylar almashinuvi yaqinlashmoqda: Alonso o‘rnini kim egallaydi?