
Superliganing 9-turidan o‘rin olgan "Qo‘qon-1912" - OKMK bellashuvi yakuniga yetdi. Mazkur to‘qnashuvda olmaliqliklar kambek amalga oshirgan holda 1:3 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Dastlab, Avazbek O‘lmasaliyev 38-daqiqada o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi. Ikkinchi bo‘limning 73-daqiqasida esa O‘lmasaliyev o‘z xatosini to‘g‘riladi va oradagi farqni yo‘qqa chiqardi.
Asadbek Sobirjonov 81-daqiqada raqib himoyachisining xatosidan unumli foydalangan holda jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Sobirjonovning o‘zi 87-daqiqada oradagi farqni ikkitaga yetkazib qo‘ydi - 1:3.
Shu tariqa, OKMK navbatdagi 3 ochkoni qo‘lga kiritdi va hisobidagi ochkolar sonini 21 taga yetkazib qo‘ydi.
“Qo‘qon-1912” — OKMK - 1:3
Gollar: Avazbek O‘lmasaliyev 38 avtogol, - 1:0. Avazbek O‘lmasaliyev 73, - 1:1. Asadbek Sobirjonov 81, - 1:2. Asadbek Sobirjonov 88, - 1:3 (Aziz Xolmurodov).
"Qo‘qon-1912": 13.Azizxon Isaqov, 4.Asliddin Toshtemirov (20.Iqboljon Malikjonov, 19), 5.Jasurbek Yoqubov, 6.Alisher Salimov, 7.Shota Gvazava (9.Javohir Husanov, 88), 8.Baxtiyorjon Qosimov, 11.Shahzod Beshimov (18.Bahrom Abdurahimov, 88), 14.Jasur Xolto‘rayev (69.Yegor Kondratyuk, 65), 19.Shahzod Akramov, 22.Muhammadanas Hasanov, 44.Andro Giorgadze.
Zaxira: 1.Rustam Nortojiyev, 10.Husniddin G‘ofurov, 15.Zafar Hakimov, 23.Bekjon Jo‘raboyev, 30.Ibrohimjon Muxtorov.
OKMK: 1.Humoyunshoh Sayyotov, 4.Mirjamol Qosimov (99.Asadbek Sobirjonov, 64), 6.Avazbek O‘lmasaliyev, 7.Dilshodbek Ahmadaliyev, 9.Kleydi Datsi (8.Aziz Xolmurodov, 46), 10.Xurshid G‘iyosov, 15.Oybek Rustamov, 19.Ahmadullo Muqumjonov (16.Naoaki Senaga, 64), 20.Islom To‘xtaxo‘jayev, 28.Arixiro Sentoku (11.Ruben Sanches, 46), 77.Nodirbek Abdurazzoqov.
Zaxira: 31.Muhammad Ubaydullayev, 5.Giorgi Papava, 13.Eldorbek Begimov, 23.Ajak Riak, 90.Abubakr Rizo Turdialiyev.
Ogohlantirish: Kleydi Datsi 34.
SuperligaOKMK Qo‘qon-1912Avazbek O‘lmasaliyevAsadbek SobirjonovKambekG‘alaba O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar