
Koreya Respublikasining Gumi shahrida bo‘lib o‘tgan yengil atletika bo‘yicha 26-Osiyo chempionatida 43 mamlakat sportchilari ishtirok etdi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi ham munosib ishtirok etib, 2 ta kumush va 1 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Yurtga sharaf keltirgan sportchilarni Toshkentda tantanali ravishda kutib olishdi. Ularga munosabat o‘laroq maxsus marosim tashkil etildi. Qahramonlarimizni O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi raisi o‘rinbosari Otabek Choriyev boshchiligidagi bir guruh mas’ullar, Bojxona qo‘mitasi va Federatsiya vakillari, Oliy sport mahorati maktabi xodimlari, murabbiylar hamda sportchilarning yaqinlari kutib olishdi.
O‘zbekiston sportchilari tomonidan qo‘lga kiritilgan bu yutuq, shubhasiz, mamlakatimizda yengil atletikaga bo‘lgan e’tibor samarasi sifatida qayd etilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar