
Polsha milliy terma jamoasida katta o‘zgarishlar bo‘lib o‘tdi — sardorlik bog‘ichi Robert Levandovskidan olib qo‘yildi. Bu voqea nafaqat futbol muhlislari, balki jamoa ichida ham turli fikrlarga sabab bo‘ldi.
Mahalliy Przegląd Sportowy nashri xabar berishicha, sardorlik masalasidagi qarorni terma jamoa o‘yinchilari quvonch bilan qarshi olgan. Manbalarning ma’lum qilishicha, qaror ma’lum qilingan paytda jamoa a’zolari bunga qarsaklar bilan munosabat bildirishgan. "Futbolchilar buni nishonlashdi", — deb ta’kidlaydi vaziyatdan xabardor insayder.
Ayni paytda Polsha terma jamoasi bosh murabbiyi Mixal Probejning ushbu qat’iy qarori futbolchilar o‘rtasida uning obro‘si va hurmatini oshirgani qayd etilmoqda. U o‘zining salohiyatini nafaqat taktik jihatdan, balki jamoadagi muvozanat va intizomni saqlash nuqtayi nazaridan ham namoyon etdi.
Robert Levandovski esa bunday qarorga raddiya sifatida murabbiy almashmaguncha terma jamoa safida o‘yin o‘tkazmasligini ma’lum qildi. U Polsha tarixidagi eng yaxshi to‘purar bo‘lib, milliy jamoa safida 85 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Hujumchi 2008 yildan beri terma jamoa sharafini himoya qilib kelayotgan edi va uning lider sifatidagi roli yillar davomida inkor etilmagandi.
Shuningdek, ushbu o‘zgarish terma jamoada yangi bosqich boshlanganidan darak bermoqda. Yangi sardor atrofida jamoaning birlik va kurashuvchanlik ruhi oshishi, ichidagi qarama-qarshiliklar esa bartaraf etilishi kutilmoqda.
Levandovskining terma jamoadan uzoqlashishi muxlislar uchun albatta, afsusli yangilik bo‘lishi mumkin. Ammo Polsha termasi yangi avlod va yangi yetakchilar bilan yirik musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rishni boshlagani ham haqiqat. Jamoa ichidagi muhitning yangilanishi esa kelajakda ijobiy natijalar uchun muhim omil bo‘lishi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing