Lionel Messi Argentina terma jamoasidagi oxirgi oʻyiniga tayyorgarlik koʻrmoqda

QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
- Lionel Messi oktyabr oyida oʻz muxlislari qarshisida Argentina terma jamoasi safidagi soʻnggi oʻyinini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrmoqda.
- Sakkiz karra “Oltin toʻp” sohibi Benin bilan boʻladigan ushbu uchrashuvda rasman xalqaro faoliyati bilan xayrlashadi.
- Ushbu tarixiy oʻyin 84 ming tomoshabinga moʻljallangan “El Monumental” stadionida boʻlib oʻtadi.
- Chiptalar 52 yevrodan 278 yevrogacha, bolalar uchun esa 17 yevroga sotiladi.
Argentina terma jamoasi safida barcha davrlarning eng buyuk futbolchilaridan biri boʻlib qolgan Lionel Messi milliy jamoadagi faoliyatiga yakun yasash ostonasida turibdi. Sakkiz karra “Oltin toʻp” sohibi oktyabr oyida oʻz vatani muxlislari qarshisida soʻnggi bor maydonga tushib, rasmiy ravishda xalqaro faoliyati bilan xayrlashishga hozirlik koʻrmoqda. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Goal.com xabar qilishicha, terma jamoa Benin bilan oʻynaydigan ushbu tarixiy uchrashuv futbolchining milliy libosdagi soʻnggi oʻyini boʻlishi kutilmoqda. Oktyabrning 6-kunida boʻlib oʻtadigan bahs 84 ming tomoshabinga moʻljallangan mashhur “El Monumental” stadionida tashkil etiladi.
Futbolchi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida bu haqda taʼsirli xabar qoldirib, muxlislariga oʻz minnatdorchiligini bildirdi. "Soʻnggi oʻyin. Bir umrlik libos", deb yozdi hujumchi oʻzining xayrlashuvoldi postida va maxsus videorolikni taqdim etdi.
Maxsus libos va hissiy qaror
Eʼlon qilingan videoda Lionel Messi oddiy terma jamoa libosini oltin rangdagi oʻz ismi va afsonaviy 10-raqami tushirilgan maxsus Adidas Argentina libosiga almashtirayotgani aks etgan. Shuningdek, u oq rangdagi buttsalarini tanlab, oʻzining soʻnggi xalqaro oʻyiniga shaylanayotganini koʻrsatdi.Eслатиб ўтамиз, avgust oyida Lionel Messi oʻzining milliy jamoadagi faoliyatini yakunlashini rasman eʼlon qilgan edi. U oʻzining ogʻir va ogʻriqli, ammo puxta oʻylangan qarori haqida gapirar ekan, terma jamoa safida oʻtkazgan yillari, qoʻlga kiritilgan gʻalabalar haqida toʻxtalib oʻtdi.
Futbolchi oʻz bayonotida milliy jamoa safida 207 ta uchrashuv oʻtkazib, 125 ta gol urgani va 64 ta golli uzatmani amalga oshirganini esladi. "Men har doim shu libos uchun maydonda bor kuchimni berdim, sizga quvonch ulashish va argentinalik ekaningizdan faxrlanish tuygʻusini berish uchun kurashdim", deya taʼkidlagan edi u oʻshanda.
Chiptalar savdosi va narxlari
Foot Mercato nashrining maʼlumot berishicha, ushbu tarixiy uchrashuv uchun chiptalar savdosi seshanba kuni kechqurun boshlanadi. Argentina futbol assotsiatsiyasi tomonidan belgilanadigan narxlar joylashuviga qarab 52 yevrodan 278 yevrogacha etib belgilangan.Muxlislar uchun turli toifadagi chiptalar, jumladan, 104, 185 va 260 yevrlik oʻrinlar ham mavjud. Shuningdek, oilalar va yosh avlod vakillari uchun qulaylik yaratish maqsadida bolalar ushbu xayrlashuv oʻyinini bor-yoʻgʻi 17 yevro evaziga tomosha qilishlari mumkin boʻladi.






























Izohlar 0
…