
Polsha milliy terma jamoasida kutilmagan yo‘nalishda o‘zgarish yuz berdi – bosh murabbiy Mixal Probej lavozimini tark etgani rasman e’lon qilindi. Bu haqda mamlakat futbol ittifoqi (PZPN) rasmiy bayonot tarqatdi.
Uning ketishiga sabab sifatida jamoa ichidagi ziddiyatlar, jumladan, mashhur hujumchi Robert Levandovski bilan yuzaga kelgan kelishmovchilik ko‘rsatilmoqda. Avvalroq sardorlik bog‘ichidan mahrum etilgan Levandovski Probej boshqaruvida maydonga tushmasligini ma’lum qilgan edi. Bu voqea Polsha matbuotida katta shov-shuvlarga sabab bo‘ldi.
Mixal Probej vaziyat yuzasidan shunday izoh berdi:
"Mazkur murakkab sharoitda terma jamoa manfaatini inobatga olgan holda, lavozimni tark etish eng to‘g‘ri qaror deb hisoblayman. Polsha terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida ishlash – hayotimdagi eng yuksak sharaflardan biri bo‘ldi".
Uning boshchiligida Polsha terma jamoasi 21 uchrashuvda ishtirok etib, 10 ta g‘alaba, 4 ta durang va 7 mag‘lubiyat qayd etdi. Bir qarashda, natijalar yomon emasdek tuyulishi mumkin, ammo oxirgi bosqichda jamoaning o‘yinida barqarorlik yetishmayotgani, ayniqsa, JCH–2026 saralashda Finlyandiyaga 1:2 hisobida yutqazilgani muammoni yanada avj oldirdi.
Hozirgi kunda Polsha terma jamoasi G guruhida 3 o‘yinda to‘plagan 6 ochko bilan uchinchi o‘rinni egallab turibdi. Ammo murabbiyning ketishi ortidan jamoa qanday yo‘lni tanlashi va sardor Levandovskining taqdiri qanday bo‘lishi katta qiziqish uyg‘otmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar