“Atletiko”ning PSJdan uchragan yirik mag‘lubiyatidan so‘ng Simeone ochiq gapirdi

1 daqiqa o'qish4.5K
“Atletiko”ning PSJdan uchragan yirik mag‘lubiyatidan so‘ng Simeone ochiq gapirdi
Madridning “Atletiko” klubi bosh murabbiyi Diyego Simeone PSJga qarshi Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida uchralgan yirik 0:4 hisobidagi mag‘lubiyatdan keyin o‘z jamoasi o‘yiniga va raqib ustunligiga oid fikrlarini bayon etdi.

Uning ta’kidlashicha, uchrashuv ikki mutlaqo farqli bo‘limlarga bo‘lindi. “Birinchi bo‘limda PSJ katta kuch bilan harakat qildi, ular to‘pni barcha joyda nazorat qilishdi. Imkoniyatlaridan a’lo darajada foydalanishdi va to‘pga egalik qilishda bizdan ancha ustun bo‘lishdi. Shu bilan birga, hisobni tenglashtirish uchun imkoniyatimiz bo‘lgandi, lekin Grizmann o‘z imkoniyatlaridan unumli foydalana olmadi. Buning ortidan PSJ ikkinchi golni urib, ustunlikni oshirdi”, — dedi Simeone.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, “Atletiko” futbolchilari o‘yin davomida to‘psiz harakat qilishga majbur bo‘lishdi. “To‘pga kam ega bo‘ldik, raqib esa bizning o‘yinni qurishga umuman yo‘l qo‘ymadi. Natijada, hujumlar soni ham keskin kamaydi. Futbolchilarimda ishonch va tashabbus yetishmadi, bu esa bunday yirik mag‘lubiyatga sabab bo‘ldi”, — deya ta’kidladi u.

Simeone shogirdlariga ruhan kuch va ishonchni qaytarish zarurligini, raqib bosimiga qaramay, o‘z o‘yin uslubini tiklash muhimligini ta’kidladi. “Atletiko”da hali katta imkoniyat va salohiyat bor, ammo har bir o‘yindan xulosa chiqarish, xatolar ustida ishlash zarur”, — deydi u.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?