
MMA dunyosida katta shov-shuvga sabab bo‘lgan voqea — Konor Makgregorga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoiy ish yuzasidan muhokamalar tobora qizimoqda. UFC'ning ikki vazn toifasidagi sobiq chempioniga 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etish xavfi yuz berishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi.
Ayni paytda irlandiyalik jangchi Nikita Xend ismli ayol bilan bog‘liq jinoiy ishda yolg‘on ko‘rsatma berganlikda ayblanishi mumkin. Shuningdek, unga zo‘rlash moddasi bo‘yicha ham jiddiy da’volar qo‘yilgan. Agar ushbu ayblovlar tasdiqlansa, Makgregor 10 yilgacha qamoq jazosini o‘tashi mumkin.
Bunga javoban Konor Makgregor ijtimoiy tarmoqlarda bayonot berdi:
“Shunchaki nafratga to‘la OAV. Qarshi tomon advokatlari sudning birinchi kuniyoq ochiq eshituvda yuzma-yuz yolg‘onchi ekani fosh qilindi, ammo bu haqida hech kim og‘iz ochmayapti. Uyat! Meni bunday ahmoqlik qilib, o‘z hayotimni xavfga qo‘yadi, deb o‘ylashlaringizning o‘zi ham... davom etaveringlar!”, — deb yozdi u Twitter sahifasida.
Sport jamoatchiligi va ommaviy axborot vositalari ushbu voqeani diqqat bilan kuzatmoqda. Ayrimlar Makgregorning o‘ziga xos xarakterini himoya qilsa, boshqalar uning muhokama etilayotgan ayblovlariga jiddiy qarashni talab qilmoqda.
Hozircha sud jarayonlari davom etmoqda va hech qanday rasmiy hukm chiqarilmagan. Ammo har qanday holatda ham, bu ish Konor Makgregorning sportdan tashqari hayotida jiddiy ta’sir qoldirishi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar