date

Ten Xag debyutida sharmandali hisobda yutqazdi: “Bayer”ga 5 ta gol urishdi

Ten Xag debyutida sharmandali hisobda yutqazdi: “Bayer”ga 5 ta gol urishdi
Braziliyada bo‘lib o‘tgan navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvi futbol muxlislari kutmagan natija bilan yakunlandi. Unda Germaniya Bundesligasi vitse-chempioni – “Bayer Leverkuzen” hamda “Flamengo”ning yoshlar jamoasi (U-20) to‘qnash keldi.

Mazkur bellashuvda e’tibor markazida niderlandiyalik murabbiy Erik ten Xag bo‘ldi. Chunki u yaqinda “Manchester Yunayted”dan ketgach, yozda “Bayer”ning bosh murabbiyi etib rasman tayinlangan edi. Shunday qilib, mutaxassisning yangi klubdagi ilk o‘yini shiddatli, biroq juda og‘ir natija bilan boshlandi.

Bellashuv boshlanishi bilanoq “Flamengo” yoshlari faol harakat qilishdi va 2-daqiqada Lorranning goli orqali hisobni ochishdi. Bu goldan keyin ham jamoa to‘xtamadi — 10-daqiqada Mateus Gonsalves ikkinchi golni urdi. Uning faoliyati shundan keyin ham samarali davom etdi: 39-daqiqada u yana bir bor “Bayer” darvozasini ishg‘ol qildi va dublni rasmiylashtirdi.

Birinchi bo‘limning qo‘shib berilgan daqiqalarida esa Pedro Leao to‘pni to‘rga joylab, hisobni yirik 4:0 ko‘rinishiga keltirdi. Braziliyaliklar uchun bu yetarli bo‘lmadi, ikkinchi taymda ham ular hujumkor futbolni davom ettirishdi. 54-daqiqada Gustavo hisobni 5:0 qilib qo‘ydi.

Endilikda futbol muxlislari Ten Xagning jamoasidan javob harakatlarini kutar ekan, 70-daqiqada Montrell Kalbret “Bayer” sharafini tiklash uchun yagona golni kiritdi. Shu tariqa, o‘yin 5:1 hisobida yakunlandi.

Flamengo U-20 – Bayer Leverkuzen 5:1
Gollar
: Lorran (2), Gonsalves (10, 39), Leao (45+4), Gusstavo (54) – Kalbret (70)

Mazkur o‘yin Ten Xag uchun achinarli debyut sifatida qayd etiladi. Kuchli tarkibga ega bo‘lgan “Bayer” yoshlar jamoasiga qarshi shunchaki yutqazmadi, balki jiddiy tarzda mag‘lub bo‘ldi. Mutaxassis endi jamoani qaytadan ruhlantirib, yangi mavsumga tayyorlash uchun muhim qarorlar qabul qilishiga to‘g‘ri keladi.

Bu natijaga qaramay, tengsiz uchrashuvlar asosiy mavsum oldidan jamoalar uchun tahlil qilish, xatolar ustida ishlash va yosh futbolchilar imkoniyatlarini baholash imkonini beradi. Shu bois, "Bayer" uchun bu mag‘lubiyatdan ham o‘rnak olish va to‘g‘ri xulosalar chiqarish muhim.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ten Xag debyutida sharmandali hisobda yutqazdi: “Bayer”ga 5 ta gol urishdi