date

FIFA “Navbahor”ga qo‘yilgan taqiqni rasman bekor qildi

FIFA “Navbahor”ga qo‘yilgan taqiqni rasman bekor qildi

O‘zbekiston futbolidagi eng kutilgan yangiliklardan biri amalga oshdi. “Navbahor” klubiga FIFA tomonidan qo‘yilgan transfer taqiqi rasmiy tarzda olib tashlandi. Bu haqda O‘zPFL matbuot xizmati ma’lum qildi va futbol ixlosmandlari orasida katta qiziqish uyg‘otdi.

Mazkur transfer taqiqi futbolchi Giorgi Nikabadzening maoshi o‘z vaqtida to‘lanmaganligi uchun joriy etilgan edi. Klub rahbariyati barcha moliyaviy majburiyatlarini to‘liq ado etib, qarzdorlikni yopdi. Shu orqali FIFA klubga nisbatan o‘z qarorini qayta ko‘rib chiqishga majbur bo‘ldi.

“Navbahor” uchun bu yangilik aynan yozgi transfer oynasida yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish imkoniyatini yana tikladi. Klub muxlislari yangi transferlar haqida yana orzu va umid bilan kutishmoqda.

Ta’kidlash joizki, klubning barcha moliyaviy masalalari uch bosqichda hal qilinishi lozim edi. Bu jarayonda klub va futbolchilar o‘rtasidagi kelishuv asosida, joriy yilning 1-iyuliga qadar barcha qarzlar to‘liq yopilishi kerak bo‘lgan. Bu kafolat viloyat hokimi tomonidan berilgan rasmiy xatda ham ko‘rsatilgan.

Shuningdek, ligaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilgan sobiq murabbiy va mahalliy futbolchilar oldidagi majburiyatlarni ham “Navbahor” bartaraf etmoqda. Mazkur masalalar Liga va OFA nazoratida hal qilinadi.

Hozirda klub o‘zbekistonlik futbolchilar oldidagi majburiyatlarini to‘liq bajarishga kirishgan. Bu Namangan klubining professional taraqqiyoti va moliyaviy intizomi uchun muhim bosqich bo‘ldi.

Yana bir muhim jihat — yozgi transfer oynasi 30-iyul kuni yopiladi. Shu sabab, klubning o‘z vaqtida to‘g‘ri qadamlar tashlashi yangi futbolchilarni jamoaga qo‘shish uchun katta imkoniyat ochdi.

“Navbahor”ning bu yutug‘i nafaqat klub, balki butun Namangan futbolining rivojiga xizmat qiladi. Muxlislar klubdan yangi transferlar, muvaffaqiyatli o‘yinlar va barqaror taraqqiyot kutib qolmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » FIFA “Navbahor”ga qo‘yilgan taqiqni rasman bekor qildi