date

Messi va Antonella Coldplay konsertda: muhabbat, sadoqat va “hurmat kamerasi”

Messi va Antonella Coldplay konsertda: muhabbat, sadoqat va “hurmat kamerasi”

Keyingi vaqtlarda Coldplay konsertlarida paydo bo‘lgan “xiyonat kamerasi” virusi internetda keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Ammo ushbu holatga butunlay boshqacha ruh bag‘ishlaganlar ham bor. Jahon futboli afsonasi Lionel Messi va uning rafiqasi Antonella Rokutsso Mayamidagi konsertda aksariyat muxlislar uchun haqiqiy va samimiy munosabatlar timsoliga aylandi.

Yaqinda Astronomer IT-kompaniyasi rahbari Endi Bayronning Coldplay konsertida HR bo‘limi boshlig‘i bilan xiyonati fosh bo‘lgani internetda katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. Shundan so‘ng, jamoat tadbirlaridagi "kamera potseluyev" ya’ni "o‘pish kamerasi" turli noqulay vaziyatlarni fosh etuvchi vositaga aylandi.

Biroq Messi bilan unga doimiy suyanch bo‘lgan rafiqasi Antonellaning videosi mana shu xiyonat “trend”iga muqobil misol bo‘ldi. Ular Coldplay konsertda bir-birining yonida turib, kameraga tabassum qilib, muxlislarga qo‘l silkiydi. Ovoz solisti Kris Martin ularni sahnadan ko‘rib, “ular ajoyib ko‘rinishda” ekanini aytdi va “barcha davrlarning eng buyuk sportchisi” uning konsertiga kelganidan mamnunligini bildirdi.

Videoni ko‘rgan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Messining hayotidagi sof muhabbat va tinch oilaviy hayotni olqishladi. “Bu insonni xiyonatda tutib bo‘lmaydi”, – deb izoh qoldirdi bir foydalanuvchi. Futbolchining shaxsiy hayotini buzuvchi muammolar va shov-shuvlardan xoli ekani uni yanada hurmatli qilmoqda.

Ayni paytda, Coldplay konsertidagi “kadrida fosh bo‘lish” trendi bo‘yicha boshqa juftliklar kamera ko‘ringanda bir-biridan chetga qochish, yuzini berkitish kabi shubhali harakatlar qilib, o‘zlariga ko‘z tikilganini bilishmoqda.

Messi va Antonellaning muhabbati ko‘p yillar davomida sinovlardan o‘tib, bir necha farzandli oilaga aylangan. Ular nafaqat futbol muxlislari, balki oila qadriyatlariga ehtiyoj sezayotgan barcha insonlar uchun namuna sifatida ko‘rilyapti. Jamoatchilikda bu kabi samimiy va barqaror munosabatlar har qanday virtual trendlardan ustun qo‘yilayotgani ayniqsa quvonarli hol.

Bu voqea orqali internet foydalanuvchilari nafaqat ko‘ngilochar kontent, balki haqiqiy insoniy munosabatlarni ham qadrlash zarurligini yana bir bor his etishdi. Messining mavqei maydonda qanday bo‘lsa, shaxsiy hayotida ham shunday so‘zsiz hurmatga sazovor.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Messi va Antonella Coldplay konsertda: muhabbat, sadoqat va “hurmat kamerasi”