
2025-yil 30-iyuldan 12-avgustgacha Tailandning Bangkok shahrida bo‘lib o‘tayotgan U-22 va U-19 Osiyo boks chempionati muhim bosqichga kirmoqda. Bugun, yoshlarimiz — 7 nafar bokschi qizimiz yarim final yo‘llanmasi uchun raqiblariga qarshi ringga chiqadi.
O‘zbekiston boks federatsiyasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, janglar quyidagi tartibda bo‘lib o‘tadi:
48 kg: Maftuna Musurmonova — Suman Kumari (Hindiston)
51 kg: Muxtasar Alieva — Yakshika (Hindiston)
57 kg: Robiya Ravshanova — Muskan (Hindiston)
60 kg: Sevara Mamatova — Mizuki Horita (Yaponiya)
65 kg: Sevinch Xurramova — Arinda Akimoto (Yaponiya)
70 kg: Rayhona Qurbonboeva — Chun-Ai Kao (Xitoy Taypeyi)
75 kg: Maftuna Yangieva — Mina Jung (Janubiy Koreya)
Bu janglar yosh sportchilarimiz uchun nafaqat medallar yo‘lida, balki xalqaro tajriba orttirish nuqtayi nazaridan ham muhim ahamiyatga ega.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.