date

«Barselona» muxlislari uchun quvonchli xabar...

«Barselona» muxlislari uchun quvonchli xabar...

«Barselona» muxlislari uchun quvonchli xabar — vinger Lamin Yamal mashg‘ulotlarga qayta qo‘shildi. Yosh iqtidorli futbolchi sonidagi noqulaylik sababli so‘nggi to‘rtta uchrashuvni o‘tkazib yuborgandi.

Klub matbuot xizmati ma’lumotida qayd etilishicha, Yamal bilan birga avgust oyidan beri mushak jarohati tufayli maydonga tushmagan himoyachi Alexandro Balde ham to‘liq tarkib bilan cheklovsiz shug‘ullandi. Ular «Ovedo»ga qarshi kechgan (3:1) bahsdan keyin zaxirada qolgan futbolchilar bilan qo‘shma mashg‘ulot olib bordi.

Shu tariqa, agar kutilmagan holat sodir bo‘lmasa, har ikki futbolchi ham joriy hafta oxirida bo‘lib o‘tadigan «Real Sosedad»ga qarshi uchrashuvda jamoaga yordam berishga tayyor bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, La Liga doirasidagi mazkur bahs 28-sentyabr kuni soat 21:30 da start oladi va «Barselona» uchun muhim sinov bo‘lib xizmat qiladi. Kataloniyalik ishqibozlar esa yosh yulduzlarning safga qaytishi jamoaga qo‘shimcha kuch bag‘ishlashini umid qilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Barselona» muxlislari uchun quvonchli xabar...