date

Ro‘ziqul Berdiyev jamoasining "Bunyodkor" bilan o‘yini haqida nimalar dedi?

Ro‘ziqul Berdiyev jamoasining "Bunyodkor" bilan o‘yini haqida nimalar dedi?

Superliga 24-tur doirasidagi "Bunyodkor" — "Nasaf" (2:2) o‘yinidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- "Birinchi bo‘limni juda yomon o‘tkazdik. "Bunyodkor" tanaffusga qadar hech qanday bosimsiz o‘ynadi. Xato tufayli gol ham o‘tkazib yubordik. Ikkinchi bo‘limda esa faollashdik va vaziyatlar yarata boshladik. Bugun g‘alabaga yaqin kelgandik, agar penaltidan foydalana olganimizda. Biroq penaltidan keyin "Bunyodkor" o‘z vaziyatiga ega bo‘ldi. Bugun ochiq o‘yin bo‘ldi", - dedi Ro‘ziqul Berdiyev bahs yakunlangach.

- "Nasaf" ancha vaqtdan so‘ng ilk marta ochko yo‘qotdi. "Al Hilol"ga qarshi o‘yin jamoaga ta’sir qildimi? Ya’ni futbolchilar to‘liq tiklanib ulgurmagandek...

- Charchoq borligi sezildi. "Bunyodkor" birinchi bo‘limda ancha tetikroq edi. Tanaffusdan keyin esa ikki jamoaning jismoniy holati teng bo‘lgani uchun biz sal yengilroq harakatlandik. So‘nggi uchrashuvlarda asosiy futbolchilarimizni jarohat tufayli yo‘qotyapmiz. Bugun Sharof jarohat oldi. O‘tgan o‘yinda Javohir. Bunday noxush vaziyatdan chiqib ketishimiz kerak.

- Birinchi bo‘limda hisob teng bo‘lib turganida "Bunyodkor" himoyachilari o‘z darvozasi yaqinida pas o‘ynadi. "Nasaf" futbolchilari esa o‘sha vaziyatda umuman raqibga bosim qilmadi. Bunga sabab nima? Jamoa yuqori pressing qo‘llayotganida "Bunyodkor" uzun paslar orqali hujumga o‘tib ketish xavfi bormidi?

- Raqibga har doim bosim o‘tkazish kerak. Biz esa raqibga hech qanday bosim o‘tkazmadik. "Bunyodkor" bemalol pozitsion hujumlarini boshlay oldi. Shu sababli hisobni ochdi ham. Ikkinchi bo‘limda esa sxemani o‘zgartirdik. Yigitlarga yutqazishga haqqimiz yo‘qligini ta’kidladik.

- Ne’matov so‘nggi uchrashuvlarda ko‘p xatolarga yo‘l qo‘ydi. Ne’matovga raqobatchi yo‘qligi bunga sabab emasmi?

- Tavakkal qilishga haqqimiz yo‘q. Vorobey ancha vaqtdan buyon o‘yin amaliyotisiz. Nafaqat Abduvohid, balki boshqa futbolchilarimizning o‘yinida ham pasayish sezilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ro‘ziqul Berdiyev jamoasining "Bunyodkor" bilan o‘yini haqida nimalar dedi?