date

Tarixda ilk bor o‘zbekistonlik mutaxassislar FIFA qo‘mitasiga tayinlandi

Tarixda ilk bor o‘zbekistonlik mutaxassislar FIFA qo‘mitasiga tayinlandi

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) rasmiy kanalining xabariga ko‘ra, tarixda ilk bor o‘zbekistonlik futbol mutaxassislar FIFA qo‘mitalari tarkibiga kiritildi.

So‘nggi yillarda O‘FA FIFA bilan hamkorlikda bir qator muhim loyihalarni amalga oshirib kelmoqda. 2024-yilda mamlakat ilk bor futzal bo‘yicha jahon chempionatiga mezbonlik qilgan bo‘lsa, 2027-yilda yoshlar o‘rtasidagi mundial ham O‘zbekistonda o‘tkaziladi.

FIFA’ning Futbolda texnologiyalar, innovatsiyalar va raqamli rivojlanish qo‘mitasi (Football Technology, Innovation and Digital Transformation Committee) futbolni zamonaviy texnologiyalar orqali takomillashtirish bilan shug‘ullanadi. U VAR, golni aniqlash texnologiyasi, yarimavtomatik ofsayd, raqamli monitoring va sun’iy intellekt kabi innovatsion yechimlarni ishlab chiqish va joriy etish ustida ishlaydi.

FIFA Kengashi qaroriga ko‘ra, O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov 2025–2029-yillar uchun ushbu qo‘mitaning rais o‘rinbosari etib tayinlandi. Qo‘mitaga FIFAning futbol texnologiyalari bo‘yicha direktori Yohannes Holzmueller rahbarlik qiladi.

Shuningdek:

O‘FA Bosh kotibi Avaz Maksumov — Sohil futboli qo‘mitasi (Beach Soccer Committee) a’zosi bo‘ldi.

O‘FA ayollar futbolini rivojlantirish bo‘limi rahbari Yuliya Panina — Ayollar milliy terma jamoalari musobaqalari qo‘mitasi (Women’s National Team Competitions Committee) tarkibiga kiritildi.

Mazkur tayinlovlar O‘zbekiston futbolining xalqaro miqyosdagi obro‘si tobora oshayotganidan dalolat beradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Tarixda ilk bor o‘zbekistonlik mutaxassislar FIFA qo‘mitasiga tayinlandi