Dyugari: “Vinisius chidab bo‘lmas futbolchi”

Sobiq jahon chempioni, "Barselona" va "Milan" klublarining hujumchisi bo‘lgan Kristof Dyugari madridlik "Real"ning braziliyalik hujumchisi Vinisius Junior haqida keskin fikr bildirdi. Dyugari Vinisiusni "chidab bo‘lmas futbolchi" deb atadi.
Bu fikrni u "El Klasiko" uchrashuvidagi Vinisiusning navbatdagi harakati sabab aytib o‘tdi. "Menga Mbappe o‘yin va harakatlari bilan yoqdi, lekin Vinisius, aksincha, chidab bo‘lmas futbolchi", - deydi sobiq hujumchi RMC Sport bilan suhbatda.
Eslatib o‘tamiz, Vinisius Junior 2019 yildan beri madridlik "Real" safida to‘p surib kelmoqda va u intizomiy masalalarda muntazam tanqidga uchraydi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing