Mourinyu Vinisius bo‘yicha qarorini e’lon qildi: Yulduz hujumchi tarkibdan chiqariladimi?

Mourinyu Vinisius bo‘yicha qarorini e’lon qildi: Yulduz hujumchi tarkibdan chiqariladimi?

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyu so‘nggi paytlarda keskin tanqidlar ostida qolayotgan vinger Vinisius Juniorni qo‘llab-quvvatladi. Ispaniya ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, portugaliyalik mutaxassis braziliyalik futbolchini asosiy tarkibdan chiqarib tashlash niyatida emas.

Murabbiylar shtabi va klub rahbariyati hujumchining iqtidoriga shubha qilmayapti hamda uning yana avvalgi darajasiga qaytishi uchun barcha imkoniyatlarni yaratib berish tarafdori.

To‘liq ishonch va rahbariyat daldasi

Manbalar ta’kidlashicha, Mourinyu Vinisiusga bo‘lgan to‘liq ishonchini saqlab turibdi:

  • Murabbiy futbolchining tezroq eng yaxshi sport formasiga kirib olishi uchun unga muntazam o‘yin amaliyoti zarur deb hisoblaydi.

  • «Qirollik klubi» boss­lari ham murabbiyning bu qarorini ma’qullagan va futbolchi atrofidagi bosimni kamaytirishga harakat qilmoqda.

«Aybni faqat menga yuklamang»: Vinisiusning e’tirozi

Holatdan futbolchining o‘zi ham bexabar emas:

  • Vinisius Junior joriy mavsumda o‘z imkoniyatlaridan past o‘yin namoyish etayotganini va eng yaxshi holatida emasligini to‘liq tushunib turibdi.

  • Biroq braziliyalik yulduzni jamoatchilik va OAVdan yog‘ilayotgan bir tomonlama tanqidlar qattiq ranjitmoqda.

  • Uning fikricha, jamoaning omadsiz bahslaridagi mas’uliyat va aybni faqat uning bo‘yniga ilib qo‘ymasdan, butun jamoa bo‘ylab teng taqsimlash adolatliroq bo‘lar edi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar